Yaqin vaqtlargaça köplab davlatlar atom energetikasiga elektr quvvatini uzilişlarsiz yetkazib berişning yagona varianti sifatida qaragandi. Biroq, hozirgi paytda gidroelektrostansiyalarning rivoji ança samarali usul sanaladi – ötgan yilda gidroenergetika jahondagi qayta tiklanuvçi elektr quvvatining 63 foizi va umuman barça elektr energiyasining 17 foizi bilan ta'minlab berdi. Bu sohada Xitoy, Kanada va Braziliya yetakçilikni uşlab turibdi. Aftidan, yaqin ön yil içida boşqa mamlakatlar ham qayta tiklanuvçi energiya salohiyatiga köproq e'tibor qaratişni boşlaydi. Agarda muvaffaqiyatga erişiladigan bölsa, insoniyatni toza va qariyb bepul elektr quvvati davri kutmoqda.

Palo-Verde AESi

Quvvati: 4 200 MVt
Amerikaning eng katta atom stansiyasi bir neça şaharlar va 4 mln kişini elektr quvvati bilan ta'minlaydi. Şunisi qiziqki, AES sahroda joylaşgan va loyihaçilar energobloklarni yaqin oradagi munitsipalitetlarning oqova suvlari yordamida sovutişga majbur bölişdi.

Surgut GRES-2

Quvvati: 5 680 MVt
GRES neft gazi va tabiiy gazda işlaydi. U dunyoda quvvat böyiça ikkinçi IES va Rossiyadagi elektr quvvatini işlab çiqariş böyiça eng yirigi sanaladi.

Xanbit AESi

Quvvati: 5 875 MVt
Ayni damda stansiya dunyoda kattaligi böyiça beşinçi AES hisoblanadi. Umuman olganda, AES avval Yongvan deb atalgan. Biroq, 2011 yilda baliqçilar mamlakat hukumatiga petitsiya bilan çiqişdi – ular öz mahsuloti “xavfli” atom energetikasi bilan birgalikda qabul qilinişini istaşmadi.

Xanul AESi

Quvvati: 5 900 MVt