Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud joriy yilda hajni amalga oşirmoqçi bölgan qatarliklarga Saudiya Arabistoni bilan quruqlikdagi çegarani kesib ötiş uçun maxsus elektron ruxsatlar talab etilmasligini va ular uçun çegara oçiq bölişini aytdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Bundan taşqari, qirol öz hisobidan qatarlik ziyoratçilarni Dohadan samolyotlarda Saudiya Arabistoniga yetkazib qöyişga buyruq berdi.
Joriy yilda hajning ado etilişi avgust oxiriga töğri kelmoqda.
Eslatib ötamiz, iyun boşida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va boşqa bir qator davlatlar Qatarni ularning içki işlariga aralaşişda va terrorçilikni qöllab-quvvatlaşda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzib qöyişgandi.












