Barselonada 17 avgust yuz bergan teraktlardan keyin butun Yevropa böylab xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Heç kim terrorçilar yangi hujumlar tayyorlayotgani va agar şunday bölsa, keyingi zarbani qayerdan kutiş kerakligini bilmaydi.
Yevropa Ittifoqi barça davlatlarining aksilterrorçilik qömitalari favqulodda yiğilişlar ötkazmoqdalar.
Jumladan, Britaniya politsiyasi kuçaytirilgan navbatçilikka ötkazilgan.
Oxirgi ikki hafta içida avtomobillarda odamlar bosilgan Fransiyada xavfsizlik darajasi hattoki muhokama ham qilinmayapti, bu mamlakat bir yildan beri favqulodda vaziyat şaroitida yaşamoqda. Aksilterrorçilik otryadlari dam olişsiz işlamoqda.












