Amalga oşirilayotgan profilaktika çora-tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, qonuniylik ahvoli hamda jinoyatçilik darajasi haqidagi ma'lumotlarni aholiga yetkaziş, sodir etilgan huquqbuzarliklar va ularni bartaraf etiş jarayoni töğrisida keng jamoatçilikni tezkor xabardor qiliş maqsadlarida Toşkent viloyati prokuraturasining rasmiy sayti işga tuşirildi.

«Toşkent viloyat prokuraturasi aholi va jamoatçilik bilan samarali muloqotni yölga qöyişga intiladi. Biz uçun Sizning har bir fikringiz öta muhimdir, çunki prokuratura organlari vazifalarini oşkora amalga oşiriş Sizning huquq va manfaatlaringizni samarali himoya qiliş imkonini beradi», deyiladi saytga joylaştirilgan matnda.

Hozirgi vaqtda saytdan foydalaniş jarayonida:

Toşkent viloyati prokuraturasiga ariza, şikoyat va takliflarni virtual qabulxona orqali onlayn tarzda yöllaş;
huquqiy maslahat oliş;
viloyat prokuraturasi organlari faoliyati va uning amaldagi natijalari haqidagi ma'lumotlar, şuningdek jamiyatda qonuniylik va huquq tartibotni ta'minlaş sohasidagi tadbir va yangiliklardan xabardor böliş;
ijtimoiy sörovlarda qatnaşib, mintaqadagi korrupsiya holati va davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaş;
qonunlar va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş, şu jumladan mavjud muammolarni bartaraf etişga qaratilgan takliflarni yöllaş;
viloyatdagi idora va taşkilotlarda mavjud bölgan böş iş örinlari, bedarak yöqolganlar va jinoyat sodir etganlikda ayblanuvçi şaxslar qidiruvi bilan boğliq dolzarb ma'lumotlarga ega böliş;
jinoyatlar va baxtsiz hodisalarni oldini oliş, şuningdek turli hayotiy vaziyatlarda harakatlaniş çoralari va qoidalarini özida ifoda etgan maxsus eslatmalar bilan tanişiş imkoniyatlar mavjud