Barselona va Kambrilsdagi teraktlar natijasida 34 mamlakat fuqarolari halok böldi va jarohatlandi. Bu haqida Kataloniyaning favqulodda vaziyatlar xizmati xabar berdi.
"Ma'lumotlarga köra, Barselona va Kambrilsdagi teraktlarda halok bölgan va jarohat olganlar 34 mamlakat fuqarolari bölgan", - deyiladi Kataloniya favqulodda vaziyatlar xizmatining Twitter'dagi xabarida.
Les víctimes mortals i ferits atemptats #Cambrils i #Barcelona són (balanç provisional) de 34 nacionalitats diferents pic.twitter.com/IZCYMg1zJQ
— EmergènciesCatalunya (@emergenciescat) August 18, 2017
Idora ma'lumotlariga köra, bu röyxatga quyidagi mamlakatlar fuqarolari kirgan: Ispaniya, Germaniya, Jazoir, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Marokaş, Kanada, Xitoy (va Tayvan), Kolumbiya, Ruminiya, Venesuela, Kuba, Ekvador, Misr, AQŞ, Filippin, Fransiya, Britaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Honduras, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Kuvayt, Makedoniya, Mavritaniya, Pokiston, Peru, Dominikan Respublikasi, Turkiya.
Kuni keça Barselona markazi hamda Kambrils şahrida avtomobillar odamlar ustiga bostirib borgan. Sönggi ma'lumotlarga köra, umumiy hisobda 14 kişi halok bölgan, 100 nafardan ortiği jarohat olgan. Barselonadagi terakt ijrosi uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan. Hozirga qadar politsiya bir neça gumondorni qölga olgan, Barselonada yölovçilar ustiga bostirib borgan avtomobil haydovçisi qidiruvlari davom etmoqda.












