AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner va qizi Ivanka Tramp bir neça marta rossiyalik milliarder Roman Abramoviç hamda uning sobiq rafiqasi Darya Jukova bilan uçraşgan. Oq uydagi manbasiga asoslanib Bloomberg agentligi bergan xabarga köra, hozirça bu aloqalar Trampning saylovoldi ştabining Rossiya bilan aloqalari böyiça tekşiruv ötkazayotgan mutaxassislar e'tiborini tortmagan.

Agentlik Abramoviçni «Rossiyadan taşqarida yaşab faoliyat körsatadigan oligarxlar orasida Vladimir Putinga eng yaqini» sifatida ta'riflaydi.

Bu ma'lumot amerikalik amaldorlar maxfiy hujjatlarga kiriş imkoniga ega böliş uçun töldiradigan SF-86 formasi orqali olingan. Unda Kuşner 2014 yili rafiqasi bilan Rossiyaga borgani va Abramoviç hamda Jukova bilan uçraşgani aks etgan. Qayd etilişiça, bu tanişuv Yahudiylar madaniyat markazidagi keçki ovqat mahali röy bergan. Kuşner Jukovaning san'at markazini moliyalaştirgan.

Kuşner va Abramoviç jami 3 yoki 4 marta uçraşişgan, ularning uçraşuvlarida uçinçi şaxs ham bölgani aniq emas. Agentlikning bildirişiça, bu aloqalar Moskvaning AQŞdagi prezidentlik saylovlariga ta'sir körsatganiga hozirça dalil yöq.

Eslatib ötamiz, yanvar oyida amerikaliklar maxsus xizmatlari Rossiya AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşgani haqidagi hisobotini e'lon qilgandi. Moskva barça ayblovlarni inkor etib kelmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday kiberhujumlar Rossiya manfaatlarini ifodalamasligini ta'kidlaydi.