AQŞda oq tanlilar örtasida muvaffaqiyatli çiqiş qilgan ilk qora tanli komiklardan biri Dik Gregori 84 yoşida vafot etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.
Gregori yaqin kunlarda Atlantada çiqiş qilişi lozim edi, biroq soğliği bilan boğliq muammolar tufayli öz rejalarini özgartirişga majbur böldi.
Gregori 1960-yillarda maşhur bölib ketgandi, öşanda u irqiy kamsitiş masalalari böyiça satiralar bilan çiqqan. Şuningdek, artist inson huquqlari uçun kuraşçi sifatida maşhur. U norozilik namoyişlarda iştirok etgani uçun bir neça bor qölga ham olingan.












