2017 yilning 20 avgust kuni KUN.UZ saytida «Agrobank» haqmi yoki biolaboratoriya? Zarbdordagi çigal muammoni kim hal qiladi?» sarlavhali maqola e'lon qilingandi.
Unda Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi biolaboratoriyaning bir guruh xodimlari nomidan xat kelgani hamda «Agrobank» faoliyatidan paxta imtiyozli kreditidan ajratilişi lozim bölgan maqsadli kredit mablağlari tufayli jiddiy norozilik bildirilgani haqida söz yuritiladi.
«Agrobank»ning KUN.UZ’ga bildirişiça, qişloq xöjalik korxonalariga paxta hosili yetiştirişni moliyalaştiriş uçun imtiyozli kreditlar Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 14 aprelda 1675-son bilan röyxatga olingan «Qişloq xöjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uçun xarid qilinadigan paxta va ğalla yetiştiriş xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlaş tartibi töğrisida»gi Nizomga asosan ajratiladi.
Fermer xöjaliklariga imtiyozli kreditlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qişloq xöjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qişloq xöjaligini texnika bilan jihozlaşni maqsadli moliyalaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan yönaltiriladi.
Ma'lum qilinişiça, hosilni yetiştiriş uçun agrotexnik xarajatlarning miqdori Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan «Ekinlarni yetiştiriş xarajatlarining har bir turini moliyalaştiriş uçun beriladigan kreditlarning eng köp miqdori yuzasidan tavsiya»larga asosan har yili alohida belgilanadi. Mazkur tavsiyaga köra, moliyalaştiriş paxta ekilgan maydoniga nisbatan emas, balki yetiştiriladigan hosil hajmiga asosan amalga oşiriladi.
Bankning izoh berişiça, şunga asosan, 2017 yilda paxta yetiştiruvçi qişloq xöjaligi korxonalariga ösimliklarga biologik usulda işlov beriş uçun har bir tonna mahsulot uçun 7 896 söm (2016 yilda uşbu me'yor 7 212 söm bölgan) miqdorida mablağ tölanişi belgilangan.

Ya'ni, fermer xöjaligi tayyorlov korxonasi bilan tuzilgan şartnomaga asosan 10 tonna maxsulot yetiştirayotgan bölsa, u ğözani biologik usulda işlov beriş uçun imtiyozli kredit mablağlari hisobidan jami 78 960 söm sarflaşi mumkin. Misol uçun, fermer xöjaligiga xususiy biolaboratoriyalar tomonidan 100 000 sömlik xizmat körsatilgan bölsa, uşbu fermer xöjaligi imtiyozli kredit mablağlari hisobidan biolaboratoriya taşkilotlariga me'yorga asosan eng köpi bilan 78 960 söm mablağ tölay oladi. Qolgan qarzdorlikni esa fermer xöjaligining boşqa daromadlari (yakuniy hisob-kitob, ustav va boşqalar) hisobidan qoplaydi.
Körsatilgan xizmatlar böyiça tölovlar imtiyozli kredit mablağlari hisobidan fermer xöjaliklarining tölov hujjatlariga asosan amalga oşiriladi.
Bankning bildirişiça, maqolada keltirilgan «Gulnoza-Zulxumor» biolaboratoriyasi tomonidan Zarbdor tumanida joylaşgan 53 ta fermer xöjaligiga xizmat körsatilgan bölib, uşbu fermer xöjaliklarining imtiyozli kreditlari hisobidan biolaboratoriyalar xizmati uçun tölaşi mumkin bölgan mablağlarning eng köp miqdori 18 417 ming sömni taşkil etadi.
Haqiqatda fermer xöjaliklari tomonidan «Gulnoza-Zulxumor» biolaboratoriyasi biolaboratoriya xizmati uçun 25 599 ming söm tölov amalga oşirilgan (1675-sonli Nizomning 6-bandiga asosan «Qişloq xöjaligi korxonasining biror-bir xarajat turi böyiça tölovlarga ehtiyoji bölmagan hollarda paxta va ğalla yetiştiriş bilan boğliq bölgan boşqa ruxsat etilgan xarajat turlari böyiça işlatilişi mumkin»).
«Yuqoridagilardan kelib çiqib, xususiy biolaboratoriyalar qişloq xöjaligi korxonalariga körsatilgan xizmatlari uçun mablağlarni imtiyozli paxta va ğalla yetiştiriş uçun ajratiladigan kreditlar hisobidan belgilangan me'yorlar asosida undirişi mumkin. Belgilangan me'yordan ortiqça qarzdorlikni esa fermer xöjaliklarning mahsulot sotişdan tuşadigan yakuniy hisob-kitob mablağlari hamda xöjaliklarning öz mablağlari hisobidan undirişi lozim», - deyiladi «Agrobank»ning izohida.
Bundan taşqari, «Agrobank» mas'ul xodimlarining bildirişiça, Jizzaxdan yozilgan şikoyatning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan örganib çiqilişiga asosiy sabab – vaziyatga xolisona baho berişga erişişdir.











