21 avgustda Malakka böğozi va Singapurdan şarqda Alnic MC savdo kemasi va AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining John S. McCain raketa esminetsi töqnaşib ketdi. Bu haqda AQŞ HDK 7-flotining saytida ma'lum qilingan.
Voqea Tokio vaqti bilan soat 06:24da yuz bergan. Flot ma'lumotlariga köra, kema Singapurdagi portga kirmoqçi bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, esminets orqa qismidan şikast yegan. Ayni vaqtda mahalliy hukumat bilan qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.
Keyinroq flot töqnaşuvdan keyin 10 dengizçi yöqolib qolgani, 5 nafari jarohat olgani haqidagi xabarni çop etgan. Esminets mustaqil ravişda portga yöl olgan.
Alnic MC kemasi 182 metrlik neft va kimyo moddalari taşuvçi, 30 ming tonna siğimdorlikka ega tankerdir.
USS John S. McCain (DDG-56) esminetsi Yaponiyaning Yokosukasida AQŞ harbiy-dengiz bazasida röyxatda turadi. U 1999 yilda foydalanişga kiritilgan. Kema uzunligi 153,9 metr, eni 20,1 metr. Kemaning maksimal tezligi 32 uzelni taşkil qiladi, ekipaji 377 kişidan iborat.
Esminets AQŞ HDKning ikki admirali – amerikalik senator Jon Makkeynning buvasi Katta Jon S.Makkeyn va otasi Kiçik Jon S.Makkeyn şarafiga nomlangan.








