Eron sudi AQŞ hukumati Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn qöşinlari Eron-Iroq uruşi vaqtida sodir etgan kimyoviy hujumlar uçun eronliklarga 245 mln dollar tovon puli tölab berişi kerakligi haqidagi qarorni çiqardi.

Kimyoviy qurol qöllangan holda amalga oşirilgan bombardimonlar vaqtida jabr körgan bir neça eronliklar sudga da'vo arizasi berdilar va sud 18 ta arizaga köra qaror çiqardi.

Ikki qöşni davlat örtasidagi özaro uruş vaqtida Iroq tomondan kimyoviy qurol qöllanişi oqibatida ön minglab eronliklar jabr körgan. Hozirda 100 mingga yaqin odam öşa hujumlar oqibatida turli kasalliklardan aziyat çekib keladi. Tehron bunda Husayn tuzumini kimyoviy qurol bilan ta'minlab turgan AQŞ va Germaniya, Italiya va Ispaniya kompaniyalarini ayblab keladi. 

Eron va Iroq örtasidagi 1980 yildan 1988 yilgaça davom etgan uruş vaqtida millionga yaqin odam halok bölgan. Bu uruş Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng yirik qurolli ixtilof bölgan.