AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Malakka böğozida “Jon Makkeyn" esminetsining savdo kemasi bilan töqnaşuvi sababi sifatida qöporuvçilik yoki kiberaralaşuv versiyasini ham örganib çiqadi, deb ma'lum qildi AQŞning harbiy-dengiz operatsiyalari qömondoni Jon Riçardson.

“Kiberaralaşuv yoki qöporuvçilik bölgani alomatlari hozirça yöq. Biroq biz barça taxminlarni körib çiqamiz”, deb yozgan Riçardson tvitterda.

Bundan taşqari, Riçardson 21 avgustda esminets va kema töqnaşuvi ataylab qilinganining alomatlari yöqligini aytgan.

AQŞ esminetsi Singapur portiga ketayotganda 21 avgustda tongda Alnic MC savdo kemasi bilan töqnaşib ketgan. Töqnaşuv oqibatida 10 dengizçi yöqolib qolgan va 5 nafari jarohat olgan.

Şikastlangan esminets Singapurning “Çangi” bazasiga yetib kelgan. Dengizçilarni qidiriş-qutqariş operatsiyasida harbiy flot va Singapur sohilböyi qöriqlaş xizmati, AQŞ HDKning “Amerika” desant kemasida joylaşgan vertolyot va konvertoplanlar iştirok etmoqda.

Uşbu voqea 2017 yilda AQŞ harbiy kemalari bilan sodir bölgan 4-voqea böldi.