Sony kompaniyasi “suv ötkazmaydigan” smartfonlari namdan zarar körgan foydalanuvçilarga tovon puli tölaydi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Sony kompaniyasining Xperia smartfonlari çang va namdan himoyaga ega bozordagi ilk qurilmalardan biri bölgan. Uşbu smartfonlarning reklama roliklarida Xperia hattoki biroz suvga ham solib qöyilgan, bu suv ötkazmaslikni isbotlaş maqsadida qilingan. Ma'lum bölişiça, himoyaning aytilgan darajasi haqiqatga mos kelmagan, şu sababdan bir neça Xperia işdan çiqqan.

Sony xaridorlardan jamoaviy da'vo arizasi kelib tuşgaç, işdan çiqqan smartfon qiymatining 50 foizigaça qoplab beriş yoki kafolat muddatini yana bir yilga uzaytirişga rozi böldi. Bu aksiya faqatgina Qöşma Ştatlarning M2 Aqua va M4 Aqua modellari, şuningdek, Z seriyadagi smartfonlarga ega fuqarolariga tegişli.

Avvalroq, Sony vinil plastinkalar işlab çiqarişni qayta tiklamoqçi ekani xabar berilgandi.