Saudiya Arabistoni va Xitoy birgalikda 20 mlrd dollar mablağga ega böladigan investitsiya fondini tuzişni rejalaştirmoqda. Bu haqda podşohlik energetika vaziri Xolid al-Falix ma'lum qildi, deb yozmoqda Reyter agentligi.
U ikki mamlakat katta lavozimli mulozimlari va tadbirkorlarining iqtisodiy anjumani doirasida şu haqda söz yuritgan. Xarajatlar va foyda mamlakatlar örtasida teng taqsimlanadi, deb qöşimça qilgan vazir.
Fondga qöşimça ravişda 20 mlrd dollar qiymatidagi yana 11 ta kelişuv imzolanadi. Al-Falix bu borada batafsil ma'lumot bermagan.
Şu yil mart oyida Xitoy va Saudiya podşohligi 65 mlrd dollarlik 14 ta kelişuvni imzolagan edi. Ular 35 ta yirik loyihalarni qamrab olgandi. XXR taşqi işlar vaziri Çjan Minning qayd etişiça, kelişuvlar investitsiyalar, ilmiy-texnik sohalarni, infratuzilma, energetika, fazo va boşqa yönalişlarni qamrab oldi.












