Yevropa ligasi pley-off bosqiçining javob uçraşuvida Xorvatiyaning “Xayduk” klubi öz maydonida Angliyaning “Everton”ini qabul qildi. Uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Mezbonlar safida golni öz hisobiga Yosip Radoşeviç, “Everton”da esa Gilfi Tor Sigurdsson yozib qöydi. “Everton” 1-uçraşuvda 2:0 hisobida yutgani sababli, musobaqaning guruh bosqiçiga çiqa oldi.
Parallel ravişda ötgan yana bir uçraşuvda Venaning “Austriya” klubi öz maydonida Xorvatiyaning “Osiyek”iga 0:1 hisobida yutqazdi. Avstriyaliklar 1-uçraşuvda 1:2 hisobida yutganlari sababli, özga maydonda urilgan gol qoidasiga köra guruh bosqiçiga yöl olişdi.
Norvegiyaning “Rusenborg”i öz maydonida Gollandiyaning “Ayaks” klubini qabul qildi. Uçraşuv norveglar foydasiga 3:2 hisobida yakunlandi.
“Rusenborg” uçun gollarni Niklas Bendtner va Samuel Adegbenro (dubl) kiritdilar. “Ayaks” safida Amin Yunes va Lasse Şone özlarini körsata oldilar. “Rusenborg” 1-uçraşuvda 0:1 hisobida zafar quçgani sabab guruh bosqiçiga çiqdi, ötgan yil musobaqaning finaligaça borgan “Ayaks” esa undagi iştirokini yakunladi.
Italiyaning “Milan” klubi Makedoniyaning “Şkendiya”sini (1-uçraşuv – 6:0, 2-uçraşuv – 1:0), Fransiyaning “Marsel” klubi Sloveniyaning “Domjale”sini (1-uçraşuv – 1:1, 2-uçraşuv – 3:0), Ispaniyaning “Atletik” klubi Gretsiyaning “Panatinaikos”ini (1-uçraşuv – 3:2, 2-uçraşuv – 1:0), Portugaliyaning “Braga” klubi Islandiyaning “Xabnarfordyur”ini (1-uçraşuv – 2:1, 2-uçraşuv – 3:2) mağlub etib, keyingi bosqiçga yöl oldilar.
Yevropa ligasi. Pley-off bosqiçi. 2-uçraşuv
Xayduk (Xorvatiya) – Everton (Angliya) - 1 : 1
Gollar: 1:0 – Radoşeviç (43), 1:1 – Sigurdsson (46)
Austriya (Avstriya) – Osiyek (Xorvatiya) - 0 : 1
Gol: 0:1 – Boban (62)
Rusenborg (Norvegiya) – Ayaks (Niderlandiya) - 3 : 2
Gollar: 1:0 – Bendtner (25), 1:1 – Yunes (60), 1:2 – Şone (61), 2:2 – Adegbenro (80), 3:2 – Adegbenro (89)
Şkendiya (Makedoniya) – Milan (Italiya) - 0 : 1
Gol: 0:1 – Kutrone (13)
Marsel (Fransiya) – Domjale (Sloveniya) - 3 : 0
Gollar: 1:0 – Jyermen (28), 2:0 – Jyermen (56), 3:0 – Toven (85)
Atletik (Ispaniya) – Panatinaikos (Gretsiya) - 1 : 0
Gol: 1:0 – Munyain (22)
Braga (Portugaliya) – Xabnarfordyur (Islandiya) - 3 : 2
Gollar: 0:1 – Byoydvarsson (16), 1:1 – Paulinyu (39), 1:2 – Byoydvarsson (51), 2:2 – Paulinyu (80), 3:2 – Souza (90+3)












