Myanmaning huquqlari poymol qilinayotgan musulmon isyonçilari Rohinya hududidagi 30 ta politsiya blok postlari va armiya bazasiga hujum qilişi oqibatida ikki tomondan jami 71 kişi qurbon böldi. Reyter agentligining xabar qilişiça, qurolli hujum qilganlarning 59 a'zosi, xavfsizlik kuçlarining 12 nafari öldirilgan.
Qurolli töqnaşuvlar hamon ayrim hududlarda davom etmoqda. Inson va diniy haq-huquqlarning jiddiy poymol qilinişi tufayli ötgan yilning oktabr oyida mamlakat şimoli-ğarbiy ştatida boşlangan ziddiyatlar barham topayotgani yöq.
The Arakan Rohingya Salvation Army (ARSA) – Arakan Rohinya ozodlik armiyasi (oktabr oyidagi hujumlar ijroçisi Harakat ul Yaqinning yangi nomi) mazkur hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.
Asosiy aholisi Buddaviylikka e'tiqod qiluvçi mamlakat boşqaruvi bir neça 10 yillik harbiy hukmronligidan söng fuqarolik hukumatiga ötganidan söng, 1,1 mlnlik Rohinya musulmonlarining haq-huquqlari poymol etilişi va ularning qirğin qilinişi bilan boğliq jinoyatlar eng jiddiy muammo bölib qolmoqda.
Aksari Islom diniga e'tiqod qiluvçi Rohinya aholisi mamlakat fuqarolari deb hisoblanmaydi, aksinça ular Bangladeşdan kirib kelgan noqonuniy muhojirlar deb ataladi. Ular asrlar oşa şu mintaqada istiqomat qilib kelganiga qaramay, fuqarolik huquqlaridan mahrum etilmoqda.












