AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'muriyati tilni örganiş maqsadidagi talabalar almaşinuvi dasturlari böyiça viza berişni çeklaş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.

Naşr ma'lumotlariga köra, Tramp bunday almaşinuv yoş amerikaliklar uçun mehnat bozorida raqobat keltirib çiqarmoqda, degan fikrda. Ta'kidlanişiça, şunday taşabbus Trampning işsizlik bilan kuraş hamda amerikalik fuqarolar uçun iş örinlarini yaratiş töğrisidagi saylovoldi va'dalari içiga kiradi.

Naşrning aniqlik kiritişiça, taşabbus beş turdagi vizalarni qamrab olişi mumkin. Ular orasida J-1 şakli (ta'lim dasturlari va madaniy almaşinuv) ham bor. Özgarişlar vizalarni butunlay bekor qiliş yoki ularning egalariga talablarni kuçaytirişni nazarda tutişi mumkin ekani aytilmoqda.

Avvalroq Tramp ma'muriyati 4 davlatga viza çeklovlari bilan tahdid qilayotgani haqida xabar berilgandi.