Kelasi yili Rossiyada bölib ötadigan jahon çempionati uçun saralaş musobaqalari avj pallasiga kirib kelmoqda. Bor e'tiborimiz terma jamoamizning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarşi bahslariga qaratiladi. Bundan taşqari, guruhimizdagi boşqa öyinlar, şuningdek, Osiyodagi parallel guruhdagi raqiblarning öyiniga ham befarq bölmasligimiz tabiiy. Sababi, terma jamoamizning guruhda uçinçi örinni olib, pley-offda qatnaşiş ehtimoli ham mavjud, demak, narigi guruhdagi vaziyatni ham ta'qib qilişga töğri keladi.
Şuningdek, boşqa qit'alarda ham kuraş qizğin tus olganki, şu kunlarda bizni kutib turgan e'tiborga molik öyinlarni eslatib ötişni joiz deb topdik. Terma jamoamizning ajoyib öyinlaridan söng, tinmasdan futbol tomoşa qilgingiz kelsa yoki aksinça, salbiy natijadan keyin özingizni çalğitmoqçi bölsangiz, mana bu öyinlar sizga muntazir böladi. Yoqimli iştaha.
FRANTsIYa – NIDeRLANDIYa
31 avgust, 2017

31 avgust kuni bölib ötadigan uşbu öyin mehmonlar uçun hayot-mamot maqomida bölişi tabiiy. Hozirda Daniya va Fransiya terma jamoalari 16tadan, Niderlandiya esa 10 oçko töplagan. Töğridan-töğri yöllanma faqat guruh ğolibiga berilişini e'tiborga olsak, har bir oçkoning bahosi yanada qimmatlaşib ketadi.
Niderlandiya terma jamoasi mağlubiyatga uçraydigan bölsa, qatorasiga ikkinçi marta yirik musobaqadan çetda qolişi mumkin. Dik Advokaat şogirdlari Bolgariyadagi mağlubiyatdan söng, guruhda uçinçi poğonaga tuşib ketganlar va navbatdagi tur yöllanma beruvçi örin bilan farqni 6 oçkoga olib çiqişi mumkin. Qolgan uç öyinda bu farqni yöqqa çiqariş nihoyatda muşkul.
Dik Advokaatning kutilayotgan öyinlarga jalb qilgan tarkibida yangi nomlarni uçratmaysiz. E'tiborga molik jihat – terma jamoadagi sönggi uçraşuvini 6 yil oldin ötkazgan Rayan Babel yana jalb etildi. Bu qarorga albatta, futbolçining «Beşiktoş» tarkibidagi işonçli öyinlari sabab böldi.
NIGeRIYa – KAMeRUN
2 sentabr, 2017
Afrika mintaqasida ham sönggi bosqiç bölib ötmoqda. 20 terma jamoa 5 guruhga bölingan va har bir guruh ğolibi Rossiya-2018 da qatnaşiş huquqini qölga kiritadi. Boşqa örin yöq.
Qit'ning eng nomdor ikki jamoasi bir guruhga tuşib qoldi. Oxirgi olti mundialning beştasida iştirok etgan Kamerun bu safar turnirni ötkazib yuborişi mumkin. Nigeriyaliklar ötgan 2 turda yuz foizlik natija körsatib, guruhni boşqarib turişgan bölsa, Kamerunda atigi 2 oçko bor xolos. Mezbonlar bu öyinda ğalaba qozonib, ikkinçi davra oldidan juda qulay imkoniyatga ega bölib olişlari mumkin.
Har qanday turnir holatida ham, Mozes, Musa, Ivobi, Ndidi, Ixeanaço, Abubakar, Mukandjo kabi taniqli futbolçilar özaro töqnaş keladigan öyin barçaning e'tiborida turişga haqli.
DANIYa – POLŞA
1 sentabr, 2017

JÇda UYeFA uçun 13ta (Rossiyadan taşqari) joy ajratilgan. Guruhlar soni 9ta ekanini e'tiborga olsak, reglament böyiça, ikkinçi jamoalar içida ham eng yomon körsatkiç qayd etgan bittasi JÇga boriş imkoniyatini butunlay yöqotadi.
Joriy hisoblaşda, hozirça, aynan mana şu guruhning ikkinçi jamoasi eng yomon körsatkiç (10 oçko) qayd etib turibdi. Nisbatan teng kuçli (Polşa, Daniya, Çernogoriya, Ruminiya) jamoalardan tuzilgan uşbu guruhda oçko oliş qiyin bölişi tabiiy. Demak, bugungi vaziyat kuraşni yanada qizitib yuboradi.
Daniya terma jamoasi guruhda yaqqol peşqadamlik qilayotgan Polşani mağlub etsagina, yöllanma uçun kuraşni davom ettira oladi. Aks holda, 2-örinlarning eng baxtsizini aynan şu guruhdan qidirsak ajab emas.
URUGVAY – ARGeNTINA
1 sentabr, 2017

Saralaş öyinlarini juda kuçli boşlagan urugvayliklar sönggi 3 öyinda mağlubiyatga uçradilar va xavfli çiziqqa yaqinlaşib qoldilar. Argentinaning holatiga ham havas qilib bölmaydi, demak birgalikda hisoblaganda 4 marta jahon çempioni bölgan bu ikki maşhur jamoa aynan mana şu xavfli qizil çiziq atrofida kuç sinaşadilar.
Urugvay 23 oçko bilan uçinçi, Argentina esa, 22 oçko bilan beşinçi örinda bormoqda. Suaresning jarohati Tabaresni çeklaşi tabiiy, ammo yaqinda «Jirona» safida «Atletiko» darvozasiga dubl qayd etgan Stuani Kavaniga şeriklik qilişi mumkin. Argentina hujumçilarida hammasi joyida – Messi ham, Dibala ham tinmay gol urib turgan palla.
ISPANIYa – ITALIYa
2 sentabr, 2017

18 imkoniyatdan 16tadan oçko töplagan bu ikki terma jamoa V guruhini peşqadam sifatida yakunlaşlari aniq. Ammo pley-offga qolib ketmaslik uçun ham, guruh ğolibligi uçun kuraş qattiq böladi. Jamoalarning Turinda bölib ötgan öyinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Ğalaba ayniqsa, Italiyaga köproq zarur bölsa kerak. Çunki hozirda töplar nisbati böyiça ispanlar guruhda birinçi bölib turibdilar. Ispaniya keyingi turda Lixtenşteynga qarşi öynaşini e'tiborga olsak, töplar nisbatini yanada yaxşilab oliş imkoniyatiga egalar. Italiya esa, Lixtenşteyn bilan har ikki öyinni ham ötkazib ulgurgan.
Yana bir e'tiborli jihat, Ispaniya terma jamoasiga uç yillik tanaffusdan söng, hozirda MLSda töp surayotgan David Vilya qaytdi.
UKRAINA – TURKIYa
2 sentabr, 2017
Jahon çempionati saralaş bosqiçlarining eng omadsiz jamoalari sifatida aynan Ukraina va Turkiyani körsatiş mumkin. 2002 yilgi jahon çempionatida bronza medallarni qölga kiritgan turklar şundan buyon saralaşlarda omadsizlikka uçramoqdalar. Ukrainani ham JÇ-2006 da körsatgan öz tarixidagi eng yaxşi natija (çorak final) körsatganlaridan buyon, mundialda körmaymiz.
Guruhda uçinçi va törtinçi örinlarni egallab turgan bu ikki jamoaning özaro öyini haqiqiy jangga aylanişi tabiiy. Uşbu öyinda ğalaba qozongan jamoagina keyingi turlarda Islandiya va Xorvatiyani ta'qib qiliş imkonini saqlab qoladi, xolos. Turklarning keyingi öyini Xorvatiyaga qarşi keçadi. Öşa öyinga ham alohida e'tibor qaratiş mumkin.
KOLUMBIYa – BRAZILIYa
5 sentabr, 2017

Qatorasiga 8 öyindan beri faqat ğalaba qozonayotgan Braziliya terma jamoasini kim töxtata oladi? Albatta, eng yaxşi nomzod – guruhda ikkinçi örinda kelayotgan Kolumbiya. Yakunda pentakampionlarga yetib oliş imkonsiz bölsa-da, kolumbiyaliklarning böşaşişga haqqi yöq, zero Çili, Urugvay, Argentina kabi jamoalar orqadan izma-iz ta'qib qilib kelmoqdalar. Bu jamoalardan biri yöllanma tarqatilayotganda çetda qolib ketişini öylasak, bu öyinga ham köp narsa tikilganini tan olişga majburmiz.
Xose Pakerman bu uçraşuvga eng kuçlilarni yiğdi. Fransiyada mavsumni juda sermahsul boşlagan Radamel Falkaodan ham umid juda katta.
BONUS:
PANAMA – TRINIDAD VA TOBAGO, HONDURAS - AQŞ
5 sentabr, 2017
Kuçli beşlikda öyinlar köproq böladi. Agar yuqorida sanab ötilgan öyinlar ham sizning odatiy futbol çanqoğingiz uçun kamlik qilsa, e'tiboringizni Panama – Trinidad Tobago supermatçiga qaratamiz. Yöq, bu yerda xazil yöq. Rostan ham asta sekinlik bilan AQŞ, Panama yoki Honduras terma jamoalariga e'tibor qaratişni boşlasak böladi. Çunki, pley-offning sönggi bosqiçida OFK ning beşinçi jamoasi KONKAKAFning törtinçi jamoasiga qarşi bahs olib boradi va mundialning eng sönggi yöllanmasi taqdirini hal qiladilar. Öşa yerda biz ham bölişimiz ham mumkin.
Q.Aslanov tayyorladi.










