Çernogoriya janubida, Bar şahri yaqinidagi örmonda kuçli yonğin davom etmoqda. Ma'lum qilinişiça, yonğin çiqişiga örmonda adaşib qolgan polşalik sayyoh sababçi bölgan. Bu haqda Bar himoya xizmati boşliği Velizar Çajyenoviç ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, yonğin öçoği Şuşan qişloği yaqinidagi şunday nomdagi tepalikda bölgan. Sayyoh adaşib qolib, uni qutqaruvçilar tezroq payqaşlari maqsadida tepalikda olov yoqqan. 

Biroq qurigan öt va kuçli şamol signal olovini tabiiy fojiaga aylantirgan. Çernogoriya hukumati yonğinni bostirişda qöşni Xorvatiyadan yordam söraşiga töğri kelgan. Yonğinni öçirişda mamlakat içki işlar vazirligining vertolyotlari qatnaşadi.

Sayyohning taqdiri haqida heç narsa ma'lum emas. Çajyenoviçning ta'kidlaşiça, vaziyat juda jiddiyligiça qolmoqda.