Yevropada rekord darajadagi issiq va qurğoqçilik fonida keng kölamli örmon yonğinlari davom etmoqda. Eng oğir vaziyat – Fransiya va Ispaniyada kuzatilmoqda.

Ispaniya içki işlar vazirligi xabar berişiça, Madrid atrofidagi hududlarda 70 mingdan ortiq kişi öz uylaridan vaqtinça köçirilgan. Fransiya hukumati esa mamlakat janubi-ğarbidagi Bordo şahri atrofida aholi evakuatsiyasi haqida ma’lum qilgan. Fransiyaning turli hududlarida jami 200 mingga yaqin kişi evakuatsiya qilingan. 

Fransuz rasmiylari yonğinlarga qarşi kuraş uçun Yevropa ittifoqidan yordam söragan. Yevroittifoq Portugaliya, Xorvatiya, Çexiya, Şvetsiya va Slovakiyadan samolyot va vertolyotlar yuborilişini va’da qilgan.

Ispaniya hukumati umummilliy kölamdagi favqulodda holat rejimini e’lon qilgan. Poytaxt Madrid şahri çekkalari va Avila provinsiyasida örmon yonğinlari avj olgan. 25 iyul kuni Ispaniyada şamol kuçaydi va bu örmon yonğinlariga qarşi kuraşni qiyinlaştirdi. Madrid şahri meri Izabel Dias Ayuso mintaqadagi yonğinlarni tarixdagi «eng qörqinçlisi» deb atadi.

Fransiya janubi-ğarbidagi Jironda departamentida çiqqan yonğinning drondan körinişi. 2026 yil 23 iyul
Stephane Mahe / Reuters / Scanpix / LETA
Jironda departamenti Ares şahrida evakuatsiya qilingan sayyoh örmon yonğinini tasvirga olmoqda. 2026 yil 23 iyul
Stephane Mahe / Reuters / Scanpix / LETA
Ispaniyaning Avila provinsiyasida kötarilgan tutun. Şu nomdagi şahar Madriddan 110 kilometr masofada joylaşgan. 2026 yil 24 iyul
Diego Radames / Anadolu / Getty Images
Fransiyaning Jironda departamenti Lakano kommunasidagi plyajga kelgan kişilar yonğin fonida. 2026 yil 24 iyul
Maximilien Lamy / AFP / Scanpix / LETA