AQŞning Vaşington ştatidagi Spokan şahri atrofida avj olgan örmon yonğinlari sababli qariyb 60 ming kişiga evakuatsiya qiliş böyiça körsatma berildi.

Reuters agentligi ma’lumotiga köra, yonğinlar oqibatida hozirga qadar 600 ga yaqin bino, jumladan turar joylar va korxonalar vayron bölgan. Ştat hukumati hisobotiga köra, yonğin 250 ming akrdan ortiq, ya’ni 101 ming gektardan ziyod hududni qamrab olgan.

Spokan yonğin xavfsizligi xizmati rahbari Tom Uilyamsning bildirişiça, uçta yirik yonğin öçoği evakuatsiya e’lon qilingan hududlarga xavf solmoqda. Yonğinni bartaraf etiş işlariga Milliy gvardiya bölinmalari bilan bir qatorda AQŞning öndan ortiq ştatidan kelgan öt öçiruvçilar ham jalb qilingan.

Özbekistonning Sietl şahridagi Boş konsulxonasi Vaşington ştati hukumati bilan yaqin hamkorlikda vaziyatni muntazam kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Konsulxona ma’lumotlariga köra, sönggi ma’lumotlar asosida örmon yonğinlaridan jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq.

Boş konsul Ahror Burhonov yonğin xavfi mavjud hududlarda bölib turgan vatandoşlarni ehtiyotkorlik çoralariga qat’iy rioya qilişga, mahalliy hokimiyat va favqulodda xizmatlar körsatmalariga amal qilişga çaqirdi.

Favqulodda vaziyat yoki konsullik yordami zarur bölgan taqdirda, fuqarolar Özbekistonning Sietl şahridagi Boş konsulxonasining keçayu kunduz işlaydigan aloqa raqami orqali murojaat qilişlari mumkin.