Fransiya prezidenti, bir qator qudratli davlatlar kelişuvi bilan paydo bölgan, Eron yadro dasturi böyiça şartnoma talablari 2025 yilga qadar takomillaşib borişini ma'lum qildi. Ğarbning taxminlariga köra, Eron tomonidan atom bombasini yaratiş ustidagi amaliyotlar 2015 yil imzolangan kelişuvga asosan uzoq muddatga töxtalişi lozim edi, evaziga xalqaro hamjamiyat tomonidan qöyilgan sanksiyalar bekor qilinişi közda tutilgandi.
Uran zaxirasini boyitiş böyiça dasturni kelgusi ön yillik davomida töxtatib turiş mas'uliyatini öz zimmasiga olgan Eron hukumati, şuningdek, ballistik raketalar sonini 2023 yilgaça köpaytirmaslikka ham va'da bergan.
"Prezident Emmanuel Makron 29 avgust kuni Vena şartnomasida körsatilgan talablar 2025 yildan keyingi davrda ham takomillaşib borişiga işora qildi", deydi çorşanba kuni taşkil etilgan press anjumanda iştirok etgan prezident Axborot xizmati vakili Agnes Romate-Ispaniya.
Ötgan ikki yil davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, AQŞ rasmiylari Eronning şartnoma talablarini bajarmay, dastur ustida işlarni davom ettirayotgani haqida BMTda şikoyat qilgan. Makronning bunday munosabati AQŞ prezidenti Donald Trampning şartnomadan çiqiş haqidagi fikri bilan bir paytda yangramoqda.











