Yurtimizda yana bir diniy-ma'rifiy sayt işga tuşdi — AZON.UZ. mazhabimizga oid turli islomiy xabarlar va ta'limotlarni tarğib borişni maqsad qilgan. Saytda e'lon qilingan tarjima maqolalardan biri — «Saudiya gazetasida özbeklar haqida maqola: Hitlerga qarşi jangdan Arafot toğigaça»ni e'tiboringizga havola etişni ma'qul kördik.

«SaudiGazette» naşri hozirgi kunda Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotgan özbekistonlik uruş faxriylari haqida maqola tayyorladi.

Ikkinçi jahon uruşida öldirilgan 16 million odam orasidan sobiq ittifoq armiyasi uçun jang qilgan faqat sanoqli özbeklargina bir talay jarohatlar bilan bölsa-da, uruşdan tirik qaytişga muvaffaq böldilar. Uruşdan söng uylariga çalajon holatda qaytgan bölişlariga qaramay, şu diydor nasib etgan oz sonli insonlardan ekanliklari uçun şukr etardilar.

Ayni damda haj maqsadi bilan Makkada bölib turgan uruş faxriylarining uç nafari bilan gazetamiz muxbiri uruş maydonidagi xotiralari haqida aqlbovar qilmas va ajib hikoyalarni yozib oliş maqsadida uçraşdi.

Hozir hayot bölgan uruş faxriylarining ayni kundagi yoşlari 90-108 orasida. Ular bundan 26 yil muqaddam mustaqillikka erişgan Özbekistonning faxr-iftixorlaridir. Aynan şu insonlar Hitler boşçiligidagi faşist armiyasini yengişda jonbozlik körsatganlar.

Ular öz vatanlarida ham doimo hukumat va xalq e'tiboridalar hamda har yili ularga atab maxsus bayramlar uyuştiriladi. Ular uçun doimiy ravişda bepul tibbiy xizmat, uy-joy va yer-mulk, şu bilan birgalikda avtomobillar ham ajratib kelinadi.

Bu yil Özbekiston hukumati ularning azaliy orzularini amalga oşiriş yölida yana bir katta qadam taşlab, ularning bir neçalarini haj amalini bajariş uçun Makkaga yubordi. Safarga va haj arkonlarini bajarişga qodir bölgan faxriylarga uç şifokor ularning soğliqlaridan doimiy boxabar böliş uçun qöşib berildi. Mahalliy jurnalist 77 yil oldin sodir bölgan uruş haqidagi xotiralarini tinglaş uçun nuroniylar bilan uçraşdi.

95 yoşli Turğun Yöldoşev 1941 yili qişloqdoşlari bilan birgalikda uruşga yöl oladi. Oradan 3 yil ötgaç, u quroldoş döstlarisiz bir özi qişloğiga qaytadi. U nafaqat döstlaridan, balki jang maydonida uning yaqinida portlagan granata sababli bir oyoğidan ham ayrilgan edi. «Öşa maş'um hodisa xuddi keçagiday yodimda», deydi u. 1944 yil yanvar oyida Sobiq ittifoq jangçilarini 872 kunlik oğir qamaldan qutilib çiqib ketişida jonbozlik körsatganlardan biri aynan u edi. Şu muddat davomida u oilasiga bor yöği beştagina xat yuborişga muvaffaq bölgan, xolos.

U 1942 yil ortidan öq yeb va yaqinidagi mina portlaşi sababli ikki marta ölimdan qolgani uçun Allohga şukrona qilişdan çarçamaydi. Uruşdan qaytgandan söng u uylanadi va ayni kunda otaxonning 3 qiz, 4 öğil farzandi bor.

Bugun u özining 70 yillik orzusi bölgan haj ibodatini umrida birinçi bor ado etyapti. Otaxonning hozirgi kunda, uruş haqidagi hikoyalarini sevib tinglovçi 76 nafar nabirasi bor. Otaxon ularni har doim harbiy harakatlardan uzoq bölişga va ta'lim olişga qattiq e'tibor qaratişga tarğib etib keladi.

Hozirgi kunda 96 yoşda bölgan Zulun Rahim ham Berlinda bölgan janglarda qatnaşgan sobiq jangçilardan. Otaxon uruş yillarida juda köp qiyinçiliklarni boşdan ötkazgan va bir neça bora ölim çangalidan omon çiqqan ekanlar. Oradan yillar ötib yurtiga qaytib uylangan otaxon, hozir umridagi birinçi Hajini ado qilyapti. Otaxon muqaddas Ka'bani örab turgan Masjidul Haromda ibodat qiliş ne'mati nasib etgani uçun benihoya baxtiyor.

Uruş maydonida u kişi bir neça vazifani bajarişga mas'ul edi. Simsiz aloqa vositalari va katta yuk maşinasini boşqariş ayni şular jumlasidandir. U daydi öq qurboni böliş yoki duşman öqidan halok bölmaslik uçun töqilgan uzun simlar yoki şox-şabbalar orasidan emaklab uzoq masofalarni bosib ötganini eslaydi. Uruşda körsatgan bir neçta qahramonliklari sabab otaxon haligaça faxr bilan taqib yuradigan bir neçta kökrak nişonlari bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda 60 nabiraning bobosi bölgan bu nuroniy 2 million odamni yostiğini quritgan uruş komidan heç qanday jarohatlarsiz çiqib kelganidan mamnun.

106 yoşli Ibrohim Ubaydulloh esa öz safdoşlari bilan 1941-1944 yillarda janubiy Moldova frontida jang qilgan. Faqat mö'jiza tufayligina 3 marta ölimdan qolgan. U hozir ham ança tetik va Arofat kunini sabrsizlik bilan kutmoqda.

Otaxon birinçi marta ular joylaşgan hudud nemislar tomonidan havodan turib bombalanganda ölimdan omon qolgan. Undan boşqa barça askarlar şu hujum natijasida halok bölganlar. U qarorgoh tomon qaytayotgan va bölgan voqea haqida katta ofitserga sözlab berayotgan çoğda köz öngida ofitserni ham boşiga mergan otgan öq tegib, halok böladi.

Ubaydulloh esa darhol ölimga çap berib yerga yotib oladi va yana omon qoladi. Yana bir safar granata qoldiqlaridan jarohatlanganda, uni juda oğir ahvolda kasalxonaga olib keladilar. Şifokorlar uning hayotini saqlab qolgan bölsalarda, tuzalmas oğir jarohatlar sabab uni uruşga yaroqsiz deya uyiga jönatib yuboradilar.

Otaxon ikki marta uylangan. Birinçi ayoli bundan 15 yil ilgari vafot etib ketgan bölsa, keyingi ayoli turmuşidan bir neça yil ötib vafot etadi. Hozirda otaxonning 100 dan ortiq nabiralari bor.