Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Saudiya Arabistoni Podşohligidagi muqaddas Makka şahriga yönaltirilgan, drondan foydalanilgan hujumga urinişni qatʼiyan qoralab, bayonot berdi.
«Saudiya Arabistoni Podşohligi bilan töliq birdamligimizni bildiramiz hamda muqaddas qadamjolar, tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvçi har qanday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz.
Barça tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etişga, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilişga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga çaqiramiz», deyiladi Özbekiston TIV bayonotida.
Şuningdek, vazirlik keskinlikni kamaytiriş, mojaroning yana tarqalişining oldini oliş hamda mintaqada tinçlik, barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan harakatlarni qöllaşini bildirdi.
Saudiya boşçiligidagi koalitsiya 15-sentabr kuni keçki vaqtda Makka havo hududi sari uçib kelayotgan husiyçilarning droni tutib qolingani va yöq qilinganini maʼlum qilgandi. Koalitsiya Islom dinining eng muqaddas qadamjolariga mezbonlik qiladigan Makka va uning xavfsizligi “qizil çiziq” ekanini taʼkidlagan.
Xusiyçilar esa ularga tegişli uçuvçisiz havo apparati Makkani nişonga olişga uringani haqidagi saudlarning daʼvosini inkor qilib, buni «jirkanç yolğon» deb atagandi.

















