Bu haqda bayonot bergan Saudiya boşçiligidagi koalitsiyasiga köra, dron 15-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:50 da Makka havo hududi sari uçib kelayotganda tutib qolingan va yöq qilingan.
«Uşbu duşmanona va terroristik harakat 2017-yil 27-iyulda ballistik raketa yordamida qilingan ilk hujumdan söng, Makkani nişonga oliş böyiça ikkinçi urinişdir», deyiladi koalitsiya matbuot kotibi general Turk al-Malki bayonotida.
Şuningdek, koalitsiya «Islom dinining eng muqaddas qadamjolariga mezbonlik qiladigan Makka va uning xavfsizligi 'qizil çiziqʼ» ekanini taʼkidlagan.
IHT hujumni qoraladi
Islom hamkorlik taşkiloti «husiyçilar guruhi tomonidan muqaddas şaharlarga qilingan qabih hujumlarni» qoralab, ular «tinç aholini vahimaga soliş, muqaddas qadamjolar va masjidlar daxlsizligini buziş hamda butun dunyo musulmonlarining his-tuyğularini junbuşga keltiriş» maqsadida amalga oşirilganini taʼkidladi.
Taşkilot Saudiya Arabistoni bilan «töliq birdam» ekanini bildirdi hamda qirollikning muqaddas qadamjolar va öz xavfsizligini himoya qiliş böyiça körayotgan çoralarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Husiyçilar bu hujumni inkor qildi
Saudiya Arabistonining bayonotlari husiyçilar tomonidan inkor qilindi. Xususan, husiyçilar siyosiy byurosi aʼzosi Hizom al-Asad ularga tegişli uçuvçisiz havo apparati Makkani nişonga olişga uringani haqidagi daʼvosini yolğon deb atadi.
«Muazzam Makkani nişonga oliş haqidagi daʼvolar avval ham tarqatilgan va endilikda heç kimni alday olmaydigan jirkanç yolğondir», deya al-Asadning sözlarini keltrmoqda Al Jazeera.
Husiyçilar taʼkidlaşiça, şu hafta davomida Saudiya harbiy samolyotlari Yamandagi bir qança hududlarni nişonga olib, 450 dan ortiq zarba bergan.
Tinç aholi orasida talafotlar qayd etildi, deyiladi husiyçilar harbiy matbuot kotibi bayonotida. Guruh «barça mavjud vositalar yordamida mamlakat havo hududi va suverenitetini himoya qilişda davom etişi»ni bildirdi.

















