Toşkent viloyati, Böstonliq tumanida yaşagan, 1962 yilda tuğilgan D.Nurxöjayev Ğazalkent şahri hududidan oqib ötuvçi Parkent daryosida çömiliş vaqtida çökib ketdi. Bu haqda Toşkent vilotyati prokuraturasi saytida ma'lum qilingan. 

Prokuraturaning ta'kidlaşiça, bunday baxtsiz hodisalar yoz mavsumida köplab qayd qilingan. Yozda Toşkent viloyatidagi suv havzalari va daryolarda 40 dan köproq odam, jumladan 5 nafar baloğatga yetmagan bola çökib ketgan.

Uşbu voqealarga sabab bölgan asosiy omil xavfsizlik qoidalari buzilişi, jumladan taqiqlangan joylarda suziş, suvga mast holatda tuşiş va bolalarning ota-onalar tomondan qarovsiz qoldirilişi bölgan.

Viloyat huquq-tartibot idoralari bunday hodisalarning oldini oliş maqsadida fuqarolarga suvdagi xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilişni va har qanday vaziyatda ham bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni tavsiya qilişadi.