Toşkent viloyati hokimi qaroriga köra, köçiriladigan qabristonlarning ikkitasi Quyi Çirçiq, beştasi Örta Çirçiq tumanida joylaşgan.
Ular: Quyi Çirçiq tumanidagi Sergeli mahallasida joylaşgan «Sergeli bolalar» va «Koreys» qabristoni, Örta Çirçiq tumanidagi Yangiyöl mahallasi hududida joylaşgan «Suvon bağiş» va «Qudoyqul» musulmon qabristonlari, «Qudoyqul» va «Sariqtepa» koreys qabristonlari hamda «Boris» rus xristian qabristoni.
Qayd etilişiça, uşbu qabristonlarda dafn işlari uzoq yillar avval töxtatilgan. Özbekiston musulmonlari idorasi 2026-yil 10-aprelda bu böyiça xulosa bergan. Unga köra, marhumlar jasadlari tuproqqa aylangan bölişi ehtimoli mavjud qabriston hududlaridan belgilangan tartibda foydalaniş mumkin.
Qabrlar oçilganda suyak qoldiqlari aniqlansa, ular ehtiyotkorlik bilan yiğilib, boşqa qabristonlarga qayta dafn etiladi. Köçiriş işlari sanitariya-epidemiologiya, ekologik, arxitektura, diniy va jamoatçilik talablariga rioya qilgan holda olib boriladi.
Qarorda qabrlar qaysi qabristonlarga köçirilişi ham belgilangan:
«Sergeli bolalar» qabristonidan eksgumatsiya qilingan qabrlar «Şardara» qabristoniga, «Koreys» qabristonidan eksgumatsiya qilingan qabrlar Sergeli mahallasidagi rus-koreys qabristoniga köçiriladi.
«Suvon bağiş» va «Qudoyqul» musulmon qabristonlaridan eksgumatsiya qilingan qabrlar Yangiyöl mahallasidagi «Zaynab ona» qabristoniga qayta dafn etiladi.
«Qudoyqul» va «Sariktepa» koreys qabristonlari hamda «Boris» rus xristian qabristonidan eksgumatsiya qilingan qabrlar esa Taraqqiyot mahallasidagi koreys qabristoniga köçiriladi.
Qayta dafn qiliş işlari diniy urf-odatlarga muvofiq amalga oşirilişi belgilangan.

















