Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko milliy xavfsizlik va mudofaa Kengaşining çegarada xorijliklar uçun biometrik nazorat töğrisidagi qarorini ma'qulladi.

Tegişli farmon davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilingan. Qaror 2018 yilning boşida kuçga kiradi, uni bajariş ustidan nazorat milliy xavfsizlik va mudofaa Kengaşiga yuklandi.

Ukrainaga faqatgina barmoq izlarini qoldirgan holda kiriş mumkin böladi. Şuningdek, safar haqida avvaldan ogohlantiriş lozim. Poroşenko “migratsion tahdidga ega” davlat röyxatiga Rossiyani ham kiritiş haqida topşiriq bergan.

Xorijliklarni nazorat qiliş jarayoni uç bosqiçda ötkaziladi. Birinçisida kişi Ukrainaga borişi haqida avvaldan ogohlantirişi lozim. Ikkinçi bosqiç – çegarada biometrik pasport yoki biometrik ma'lumotlarni taqdim etiş. Hamda uçinçisi – şaxsni u borgan joyida qayd qiliş.

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa Kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov bunday nazoratning kiritilişi birinçi navbatda rossiyaliklarni qamrab olişi haqida ma'lum qilgandi. Radada Rossiya bilan viza rejimini joriy etişga çaqirişdi, biroq Kiyevdagilar bu ukrainalik fuqarolarga salbiy ta'sir körsatadi, degan fikrda. 

Kengaşning xorijliklar uçun biometrik nazorat töğrisidagi qarori yaqin soatlarda e'lon qilinadi, u bir neça bosqiçlarni öziga jamlagan, deya ma'lum qildi mamlakat rahbari Pyotr Poroşenko.

"Yaqin soatlarda milliy xavfsizlik va mudofaa Kengaşining qarori e'lon qilinadi, unga köra, 2018 yilning 1 yanvaridan Ukraina uçun xatarga ega bölgan davlatlardan çegarani keçib ötiş biometrik pasportlar böyiça amalga oşiriladi", - deya Poroşenkoning sözlarini keltiradi uning matbuot xizmati.

"Fikrimça, bunday amaliyot keng tarqalgan. Mamlakat RF tomonidan harbiy tajovuzkorlik obekti bölgani şaroitida, bu amaliyot özini töla oqlaydi", - dedi Poroşenko.