10:23 / 01.09.2017
8387

JCh-2018. Fransiya Niderlandiyani ojiz qoldirdi, Belgiya - Gibraltarga 9ta gol urdi

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash bosqichi uchun 7-tur uchrashuvlari boshlandi. Turning markaziy uchrashuvida Fransiya terma jamoasi Niderlandiyani qabul qildi.

Desham shogirdlarining to‘liq ustunligi ostida o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Belgiya terma jamoasi esa Gibraltar darvozasiga javobsiz 9ta gol yo‘lladi. Ahamiyatli tomoni uchrashuvda belgiyaliklar himoyachisi Toma Mene 3 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

JCh-2018, saralash bosqichi, Yevropa
7-tur

Fransiya – Niderlandiya 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Grizmann, 2:0 – 73 Lemar, 3:0 – 88 Lemar, 4:0 – 90 Mbappe.
Fransiya: Loris, Koselni, Kurzava, Sidibe, Umtiti, Kante, Pogba, Lemar, Koman (Lyakazett, 80), Grizmann (Fekir, 89), Jiru (Mbappe, 76).
Niderlandiya: Sillessen, Xudt, de Vrey, Blind, Fosu-Mensa, Veynaldum, Strootman, Sneyder (Trindade, 46), Robben, Promes, Yanssen (van Persi, 64).
Ogohlantirishlar: Grizmann (17), Strootman (56), Lyakazett (85), Kurzava (85).
Chetlatish: Strootman (61, Niderlandiya).

Belgiya – Gibraltar 9:0 (6:0)
Gollar: 1:0 – 15, avtogol Ibraim, 2:0 – 18 Mene, 3:0 – 21 Lukaku, 4:0 – 27 Vittsel, 5:0 – 38 Lukaku, 6:0 – 45 Azar, 7:0 – 60 Mene, 8:0 – 67 Mene, 9:0 – 84, penalti Lukaku.
Belgiya: Kurtua, Vertongen, Kompani, Alderveyreld, Mene, Ferreyra Karrasko, Azar (Azar, 77), Vittsel, de Bryuyne (Tilemans, 84), Lukaku, Mertens (Dembele, 46).
Gibraltar: Ibraim, Kassiaro (Gilling, 74), Barnett, Chipolina, Olivero, Uoker, Bosio (Pyuzi, 46), Chipolina, Garsiya, Ernandes (Pons, 61), Kassiaro.
Ogohlantirish: Gilling (85).
Chetlatishlar: Vittsel (40), Barnett (82).

Bolgariya – Shvetsiya 3:2 (2:2)
Gollar: 1:0 – 12 Manolev, 1:1 – 29 Lyustig, 2:1 – 33 Kostadinov, 2:2 – 44 Berg, 3:2 – 79 Chochev.
Bolgariya: Iliyev, Bojikov, Chorbadjiyski, Zanev, Manolev (Krayev, 76), Popov (Dimitrov, 84), Slavchev, Milanov (Nedelev, 61), Kostadinov, Chochev, Popov.
Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Durmaz (Klasson, 82), Yuxansson (Armenteros, 85), Ekdal (Larsson, 70), Forsberg, Berg, Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Bojikov (8), Kostadinov (15), Chorbadjiyski (87), Toyvonen (87), Chochev (90).

Kipr – Bosniya va Gertsegovina 3:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – 32 Shunich, 0:2 – 43 Vishcha, 1:2 – 65 Xristofi, 2:2 – 67 Laban, 3:2 – 76 Soteriu.

Shveytsariya – Andorra 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 43 Seferovich, 2:0 – 62 Seferovich, 3:0 – 67 Lixtshtayner.

Vengriya – Latviya 3:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 5 Kadar, 2:0 – 26 Salai, 2:1 – 40 Freymanis, 3:1 – 68 Judjak.

Lyuksemburg – Belarus 1:0 (0:0)
Gol: Da Mota (60).

Gretsiya – Estoniya 0:0

Top