Daniya hukumati «Şimoliy oqim — 2» gaz quvuriga tösqinlik kilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqdi, deb yozadi Politiken gazetasi.

Mamlakat hukumati Daniya hududiy suvlari orqali quvurlarni yotqiziş böyiça loyihalarni rad etiş huquqini qölga kiritiş niyatida. «Şimoliy oqim — 2» esa, şunday loyihalardan biridir. 

Qayd etilişiça, ular bu harakatlariga xavfsizlik hamda taşqi siyosatdagi ahvolni rökaç qilişmoqda. 

Hozirça, bu loyihani Daniya energetika agentligi rad eta oladi. Bunda gaz quvuri qurilişi sezilarli ekologik tahdid uyğotişi töğrisidagi bahona uning qabul qilinişiga asos bölişi mumkin.