Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda AQŞ va Rossiya örtasidagi muloqot yaxşilanişiga umid bildirdi. Bu haqda 1 sentabrda Nazarboyev matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, Nazarboyev Trampga 10-11 sentabrda Ostonada Fan va texnologiyalar böyiça islom hamkorligi taşkilotining sammiti bölib ötişidan xabardor qilgan. Ikki davlat yetakçisi Qozoğiston-AQŞ munosabatlari rivojlanişining joriy holati va istiqbollarini muhokama qilişgan.    

Şuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça fikrlar almaşilgan.

Şu bilan birga, suhbat çoğida Tramp Nazarboyevni Ostonadagi "EKSPO-2017" xalqaro körgazmasi muvaffaqiyatli ötkazilişi bilan tabriklagan va AQŞ delegatsiyasining bu körgazmadagi iştirokini yuqori baholagan.   

Nazarboyev önlab odamlarning umriga zomin bölgan, Texas ştatida yuz bergan tabiiy ofat munosabati bilan hamdardlik bildirgan va jabrlangan hududlar infratuzilmasining tezroq tiklanişi va mahalliy aholining tezroq normal hayotga qaytişi istagini bildirgan.

Tramp suhbat davomida Nazarboyevni  Vaşingtonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif qilgan. 

“Suhbat yakunida ikki yetakçi özaro manfaatga ega masalalar böyiça muntazam muloqot olib boriş istaklarini tasdiqladilar”, deb aytilgan xabarda.