«Mançester Yunayted»ning kamida ikki nafar futbolçisi soliqlarni tölaşdan böyin tovlaşda ayblanmoqda. Bu haqda Daily Mail naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, Buyuk Britaniya soliq va bojxona tölovlarni yiğiş xizmati (HMRC) futbolçilarning öz imij huquqlaridan topgan daromadlari böyiça soliqlarni qançalik tölagani ustidan tekşiruv ötkazadi.
Hozirgi kunga kelib, APLda jami 200 nafarga yaqin futbolçilar şubha ostiga olinmoqda va ularning soni borgan sari ösib borişi mumkin.
Tekşiruv işlari, ularning soliqlarni kamaytirişga kömaklaşuvçi turli taşkilotlar bilan hamkorlik qilgani böyiça bormoqda.
Hozirça aynan qaysi «MYu» futbolçilari bilib turgan holda soliqlarni tölamagani ma'lum emas. Futbolçilardan biriga yaqin bölgan manba bu iş bilan tegişli taşkilot iş olib borayotganini tasdiqlagan.











