5 sentabr kuni soat 20:00 da Kelgusi yil Rossiyada bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionati III saralaş bosqiçining sönggi tur öyinida «Bunyodkor» stadionida Özbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.

TRIBUNA.UZ manbalarining xabar berişiça, uşbu öyinni şarhlaş uçun Rossiyaning MATÇ-TV telekanalida işlovçi maşhur şarhlovçi Konstantin Geniç Toşkentga taşrif buyurmoqda. Federatsiyadagi manbamiz ham Geniç uçun akkreditatsiya hozirlanayotganini tasdiqladi.

«Sport» telekanalida öyin özbek şarhlovçilaridan biri tomonidan şarhlab borilişi aytilmoqda. Konstantin Geniç şarhlaydigan öyin 16:9 formatdagi «Dunyo böylab» kanali efiriga çiqişi taxmin qilinmoqda.