Çeçenistonda respublika rahbari Ramzon Qodirov Myanmadagi rohingya musulmonlarini qöllab-quvvatlaşga bağişlangan mitingda çiqiş qilib, jahon hamjamiyatini mamlakatdagi gumanitar falokatni töxtatişga çaqirdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Bugun men va önlab davlatlarning millionlab aholisi jahon yetakçilaridan bu qonli hodisalarni butkul töxtatişni talab qilmoqdamiz. Biz aybdorlarni jazolaş hamda insoniyatga qarşi jinoyatni xalqaro tergov qilişni talab qilamiz. Şuningdek, biz çegaralarini yopib qöygan va qoçqinlarga yordamdan boş tortgan mamlakatlarni javobgarlikka tortişni talab qilmoqdamiz. Ular öşa odamlarni ölimga mahkum qilişdi. Gumanitar falokatni darhol töxtatiş va halok bölayotgan rohingya xalqiga yordam qölini çöziş lozim», - dedi u.
Qodirovning işonç bildirişiça, uning çaqiriği butun dunyo böylab millionlab kişilar tomonidan eşitiladi.
Avvalroq Ramzon Qodirov Myanma böyiça navbatdagi bayonot bilan çiqqandi.












