2021-yilgidan ham köproq
Demak Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova 95 foiz ovozlar hisoblab bölingan bir vaqtda «Yedinaya Rossiya» 57,83 foiz, «Kommunistik partiya» 13,81 foiz, LDPR 8,98 foiz, «Noviye lyudi» 7,96 foiz, «Spravedlivaya Rossiya» 4,96 foiz ovoz olganini eʼlon qildi. Keyinroq «Spravedlivaya Rossiyaga» yana 0,4 foiz qöşildi va bu partiya ham parlamentga kiradigan böldi.
Bir mandatli okruglarda ham Putinning partiyasiga heç kim raqobat qila olmadi: 225 okrugdan 208 tasida «Yedinaya Rossiya» nomzodlari ğolib bölgan. Şu tariqa, «Yedinaya Rossiya» mamlakat parlamentidagi 450 örindan kamida 355 tasiga egalik qiladigan böldi, bu – mutlaq rekord. Taqqoslaş uçun, partiya 2016-yil 343 ta öringa ega bölgandi. Konstitutsion köpçilik uçun 301 ovoz kifoya edi. Kommunistlar Dumada 40 ta, Jirinovskiyning «liberal»lari 25 ta, «Noviye lyudi» 20 ta öringa ega böladi.
Saylov Ukrainadagi Rossiya bosib olgan regionlar Donetsk, Luhansk, Zaporijjya, Xerson va tabiiyki Qrimda ham ötkazildi. Rossiya öz tarkibiga kiritib olgan bu hududlarda ovoz beriş jarayonlari qanday ötgani alohida janr. Rossiya davlat naşrlari bu yil hukmron «Yedinaya Rossiya» 2021-yildagiga qaraganda köproq ovoz olgani, davomat Ukraina hujumlariga qaramay rekord darajada bölganiga urğu bermoqda. Çunki Kreml uçun uruş davrida Putinga, uning partiyasiga işonç oşdi, buni ovozlardan ham körib oling, degan faktni körsatiş juda muhim edi.
Ovoz beriş jarayonlari bu gal ham kulgili voqealarsiz ötmadi. Bir neçta uçastkalarda xodimlar köplab byulletenlarni ovoz beriş qutisiga taşlagan holatlar uçradi, nazoratçilar yoppasiga uçastkalarga qöyilmadi. Yoşi katta saylovçilar elektron ovoz berişni istamay, qoğozli byulleten berişlarini talab qildi. Internet davlat işçilariga «Yedinaya Rossiya»ga ovoz berişmasa, işdan haydalişi aytilgani haqida videolarga töldi. Xullas, saylov kutilganidek ötdi. Hammasi joyida, «Yedinaya Rossiya»ga, bu orqali Putinga işonç ortgan, rossiyaliklar hukmron partiyaga uruş davrida yanada köproq işona boşlagan!
Qodirovda 99,85 foiz
Lekin bu hali hammasi emas. Saylovlardagi eng asosiy intrigalardan biri – Ramzan Qodirov neça foiz ovoz töplab qayta saylanişi edi. 11 ra regionda, xususan, Çeçenistonda ham hududiy rahbarlik uçun saylov ötkazildi. Ramzan Qodirov esa 99,85 foiz ovoz oldi. Ramzan Axmatoviç heç qaçon bu qadar köp ovoz olmagan, oldingi saylovlarda unga 97,94 va 99,7 foizlik natijalar yozilgandi. Ammo baribir bu mutlaq rekord emas. 2014-yil Şimoliy Koreya lideri Kim Jon Un 100 foiz ovoz olgan.










