BMTning Qoçoqlar işlari böyiça agentligi yakşanba kuni bergan ma'lumotga köra, şu kungaça Myanmadan 73,000 kişi Bangladeşga boşpana izlab çiqib ketişga majbur bölmoqda. Taxminan 400 nafar musulmon rohingyalari Rakxayn şahrida öldirilgan, öndan ortiq kişi tan jarohatlari olgan.
Dakka şahrida faoliyat olib borayotgan BMT vakili Jozef Tripuraning sözlariga köra, Rakxayn şahriga çegaradoş Bangladeşning Koks Bozor tumaniga minglab musulmonlar yoğilib kelmoqda.
«Hozirça ularning köpi vaqtinça yaratilgan muhojirlar lagerida istiqomat qilişmoqda. Şuningdek, tumandagi maktab va ijtimoiy markaz binolari qoçoqlar uçun böşatib berilgan», deydi Tripura.
Vaziyat keskinlaşgan bir davrda, Turkiya Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli Bangladeşni yanada köproq musulmonlarni qabul qilişga çaqirmoqda. Qurbon Hayit ayyomida nutq qilgan vazir Bangladeş tomonidan sarflangan barça xarajatlarni Turkiya tölab berişini ma'lum qildi.







