WikiLeaks taşkiloti asosçisi Julian Assanj 4 sentabrda Şimoliy Koreya atrofidagi joriy vaziyatni dunyoni yadro uruşi yoqasiga qöygan 1962 yilgi Karib inqirozi bilan qiyosladi.
“Janubiy Koreya Xitoy uçun Kuba AQŞ uçun deganidir. AQŞ Şimoliy Koreya bilan mojaro çiqarib, THAAD raketalarini joylaştirişga bahona çiqarmoqda. Balki, AQŞning maqsadi Janubiy Koreyada yadro qurolini joylaştirişdir? Agar şunday bölsa, köplab harbiy va iqtisodiy dastaklarga ega bölgan Xitoydan javob harakatlarini kutiş kerak”, deb yozgan Assanj tvitterda.
2/ Is the ultimate goal to get U.S. nukes into South Korea? If so, expect China to act. It has plenty of economic and military levers.
— Julian Assange 🔹 (@JulianAssange) September 4, 2017
1962 yil yozida sobiq ittifoq “Anadir” maxfiy operatsiyasi doirasida AQŞ sohillaridan bor-yöği 200 km uzoqlikda joylaşgan Kubaga ballistik raketalar, söngra ularga yadroviy kallaklarni yetkazgan. 1962 yilning sentabr-oktabr oylarida miqdori 40 ming kişidan ortiq bölgan 51-raketa diviziyasi Kubaga joylaştirilgan.1962 yil oktabrda ittifoq raketalari AQŞ razvedkasi tomondan aniqlangaç, Karib inqirozi kabi ma'lum bölgan sobiq ittifoq va AQŞ örtasidagi tarixdagi eng yirik munosabatlar keskinlaşuvi vujudga kelgan.
Ötgan yil iyunida Janubiy Koreya Şimoliy Koreyadan himoyalaniş uçun öz hududida AQŞning THAAD zenit-raketa majmuasini joylaştirişga qaror qilgandi. 1 sentyarbda, Pxenyan navbatdagi yadro sinovini ötkazişidan 2 kun avval Seul öz hududida AQŞ yadro qurolini joylaştiriş imkonini körib çiqmasligini aytgandi.








