Qirğiziston Özbekiston bilan birgalikda taşkil etiladigan qöşma korxonalar uçun yer maydonlari ajratişga tayyor. QR iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov Özbekiston taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev bilan suhbatda şu haqda bayonot berdi. 

Özbekiston taşqi savdo vaziri öz navbatida, biznes sohasida özbek-qirğiz munosabatlarini rivojlantiriş uçun qöşma korxonalar oçiş zarurligini ta'kidladi. U, şuningdek, Özbekiston Respublikasi qöşni mamlakatga oliy sifatli mahsulotlar yetkazib berişga tayyorligini ham qayd etgan.

Uning sözlariga köra, Özbekiston sifatni nazorat qilişning qat'iy menejmenti joriy qilingan va barça mahsulotlar xalqaro me'yorlarga mos keladi hamda ISO 9000 sertifikatlaşidan ötkaziladi, deb xabar qilmoqda 24.kg agentligi.