Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Myanmada rohingya musulmonlari bilan boğliq inqirozni Islom hamkorligi taşkilotiga (IHT) kiruvçi 20 ga yaqin davlat yetakçisi bilan muhokama qildi. Anqara, şuningdek, bu masalani BMT Boş assambleyasiga muhokamaga olib çiqmoqçi.
“Men bu inqirozni IHTga kiruvçi taxminan 20 ta davlat yetakçisi bilan muhokama qildim va muzokaralarni davom ettirmoqdaman. 19 sentabrda biz bu masalani BMT Boş assambleyasiga olib çiqamiz va uni dunyo yetakçilari bilan muhokama qilamiz. Afsuski, Myanmada musulmonlar ommaviy tarzda öldirildi. Biroq dunyo bunga befarqlik qildi”, deb aytdi Erdöğan jurnalistlarga.
Myanma qurolli kuçlari Rakxayn ştatini jangarilardan tozalaş operatsiyasini olib bormoqda. Mamlakat OAV bu jangarilarni “bengal terrorçilari” deb ataydi. Jangarilarning Rakxayn ştatida politsiyaçilar va çegara postlariga birinçi hujumi ötgan yil oktabrida sodir etilgan. Ikkinçi şunday hujum 25 avgustda yuz berdi. Bu hujumga javoban qurolli kuçlar tozalaş operatsiyasini ötkazmoqdalar. Ma'lumotlarga köra, ötgan 10 kun içida Rakxaynda 400 kişi halok bölgan, ulardan 30 nafari harbiylar va politsiyaçilar, qolganlari esa rohingya millatidan çiqqan jangarilardir.
Rohingyalar 19-asr oxirlari-20-asr boşlarida mustamlakaçi Britaniya ma'muriyati tomondan Rakxaynga köçirilgan bengallar avlodlari bölib, ştat aholisining katta qismini taşkil qiladi. Biroq ular orasida mamlakat fuqaroligiga ozçilik ega.












