AQŞning Florida ştati gubernatori Rik Skott ştatda favqulodda holat tartibini kiritdi. Bu ştatga yaqinlaşayotgan “Irma” dovuli bilan boğlangan. Favqulodda holat tartibi şuningdek AQŞ hududi hisoblanuvçi Puerto-Rikoda ham kiritildi.

“Irma” dovuli butun Florida ştati uçun jiddiy xavf soladi. Şu sababli aholi, ştatning muhim infratuzilma obektlari va umumiy farovonligini himoya qiliş maqsadida öz vaqtida ehtiyotkorlik çoralari körilişi lozim”, deb aytilgan bayonotda.

Atlantika okenida vujudga kelgan “Irma” hozirda 4-darajagaça kuçaygan. Uning markazida şamol tezligi soniyasiga 58 metrni taşkil qilmoqda. Hozirda dovul ğarbga tomon yönalmoqda. Ob-havo mutaxassislarining fikriça, dovul Puerto-Riko, Dominikana Respublikasi, Gaiti, Kuba, AQŞning Atlantika okeani sohilböyiga yopiriladi.