Özbekiston terma jamoasi 2018 yilgi jahon çempionatiga yöl olişi uçun har doimgidek sönggi turgaça imkoniyat saqlab qolmoqda. Har doimgidek taqdirning özi bizga imkoniyatlarni saqlab qolişda yordam beraverardi. Bu safar şu darajaga borib yetdiki, Özbekiston terma jamoasida saralaşning 5ta uçraşuvini (yarmidan köpi!) boy bergan bölişiga qaramay töğridan-töğri yöllanma uçun imkoniyat mavjud. Yana qaçon uçraşuvlarning yarmini boy bergan jamoa yöllanma uçun kuraşgan, oçiği eslay olmadim. Xullas, bugun ana şu imkoniyatdan foydalaniş uçun, birinçi navbatda, Janubiy Koreya terma jamoasini mağlub etiş kerak böladi. Uyoğini bilasiz...
Janubiy Koreya terma jamoasi qançalik jiddiy va bizga noqulay raqib ekanini futbolga oz bölsada qiziqadigan istalgan muxlis biladi. Statistikaga nazar taşlaydigan bölsak ham ikki terma jamoa örtasidagi uçraşuvlarda Koreya 14 marta, Özbekiston terma jamoasi esa faqat bir marta, uzoq ötmişga aylanib bölgan uçraşuvda (1994 yilgi Osiyo öyinlari yarim finalida) ğalaba qozongan. Şuning özi ham bir kutilayotgan xavf deyiş mumkin. Koreyaning biz uçun yana qanday xavfli tomonlari bor? Buni sanab ötişga harakat qilamiz.
Yulduzlar

Song Hyong Min. Birgina şu nomning özi katta xavfdan darak berib turibdi. «Tottenhem» hujumçisi terma jamoada klubdagidek öynay olmayotganini tan olib turgan bölsada, öşa öynay olmagan holida ham u biz uçun eng xavfli raqib bölib qolaveradi. Saralaş bosqiçi doirasida 7ta gol kiritişga ulgurgan Song Özbekiston terma jamoasiga qarşi Osiyo kubogi doirasidagi çorak final uçraşuvida ikkita gol kiritgan. Bir söz bilan aytganda Song uçun Özbekiston qulay raqib.
Yana bir yulduz bu Ki Sung Yong.

Angliya premer-ligasidagi öyinlari orqali bizga taniş bölgan Ki Eronga qarşi uçraşuvda jarohat olgandi. Ammo murabbiyning aytişi böyiça uning jarohati jiddiy emas. Özbekistonga qarşi uçraşuvda u jamoani maydonga sardor sifatida olib tuşişi kutilmoqda. Ikki futbolçining özi zarur paytda öyin taqdirini hal qilib keta olişi mumkin.
V plan
Janubiy Koreya terma jamoasi birinçi davradagi öyin orqali ham körsatib qöydiki, Özbekistonga qarşi öyinlarda jamoaning oldindan reja qilgan uslubi öxşamasa, V planni işga solgan holda maqsadga yetişiş mumkin. Koreyada bölib ötgan uçraşuvda Marat Bikmayevning golidan söng mezbonlarning dastlabki rejalari öxşamagan va keyinçalik ular öşa uçraşuv uçun möljallagan zaxiradan foydalaniş orqali maqsadga erişib ketişgandi. Öşa taktika biz kutayotgan keyingi xavfda.
Mehmonça uslubga mos «joker»

Yuqorida tilga olib ötgan alohida uçraşuv uçun V plan bu asosan havolatib yetkazib beriladigan töplarni böydor futbolçi yordamida golga aylantiriş yoki golli vaziyatni yaratib beruvçi «skidka»larni amalga oşiriş edi. Aynan şu maqsadda hujumçi Kim Şin Vuk zaxiradan tuşirilgan, hattoki böydor Anzurni ikkinçi qavatdagi kuraşlarda osonlikça mağlub etgan Kim hal qiluvçi golga reja qilingan uslubdagi sönggi pasni bergandi. Janubiy Koreya terma jamoasi mehmonda unçalik öyini qovuşmasligi va bugungi mezbon jamoaning iştiyoqi sabab ham asosan qarşi hujum taktikasini tanlaşini kutiş mumkin. Qaysidir ma'noda «Lester»ni APL çempioni qilgan bu usul uzoq masofaga töpni havolatib yetkazib beriş orqali vaziyatlarni yaratiş va böş zonalardan unumli foydalaniş edi. Bu uçraşuvda agar Koreya xuddi şu uslubdan foydalansa, Kim Şin Vuk kabi böydor raqib qançalik xavfli ekanini biz körib bölganmiz.
Karvonsaroy öng qanot

Özbekiston terma jamoasining hujum çiziğini yöq deb hisoblasak, qolgan örinlarda eng muammoli hudud aynan öng qanot bölib qolmoqda. Babayan sof markaziy himoyaçi bölib öynab kelgan Töxtaxöjayevda öng qanot himoyasi uçun qanday qobiliyatni körgan bilmadikku, lekin sönggi vaqtlarda raqiblar aynan mana şu çiziq böşligini bilib hujumlarni faqat va faqat şu qanot orqali uyuştirişga harakat qilib kelişmoqda. Uzoqqa bormaylik Xitoyga qarşi sönggi öyin bunga yaqqol misol böla oladi. Eng yomon esa bu safar raqib Xitoy emas va çap qanotda töp suradigan futbolçi ham qaysidir nomi yoddan çiqadigan xitoylik futbolçi emas, balki Song Hyong Min böladi.
Tasdiqlanmagan manbalarga köra, Babayan Akmal Şorahmedovga javob berib yuborgan.
Buning sababi bizga qoronğu. Bu uçraşuvda öng qanotda Davron Hoşimovning harakat qilişi kutilmoqda. Qöpol öynaşni yaxşi köradigan Hoşimovga, fintlar bilan raqibni ortda qoldirişni yaxşi köradigan Songga qarşi öyinda qizil kartoçka işlab olmasligi tilab qolamiz.
Murabbiy

Ha, aynan şunday. Murabbiy bugungi Özbekiston terma jamoasiga soliştirganda katta xavf tuğdiradi. Jamoa istalgan holatda, qiyin vaziyatga tuşib qolganda, öyinga qarab, barçasini özgartirib taşlay oladigan, öyindan kelib çiqib natijaga ta'sir qila olişi mumkin bölgan murabbiy raqib jamoa boşqaruvida bugun maydonga çiqib keladi. Bizda esa hozirça birorta uçraşuvda yuqorida sanalgan xususiyatlarga ega murabbiyni körmayapmiz.
Yana bir jihat, aytgança, bu ikki murabbiyning özaro öyinlarida ham koreyalik mutaxassis Babayanni mağlub etişga ulgurgan. Olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi sifatida ham.
Işqilib, biz sanagan xavflarning barçasi şunçaki faraz va xato bölib çiqsin.
Azamat Murodov












