4 sentabr kuni Bişkek şahriga amaliy taşrif bilan kelgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov qirğizistonlik hamkasbi Erlan Abdildayev bilan uçraşdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar çoğida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga 5 sentabr kuni boşlanadigan davlat taşrifiga tayyorgarlik köriş böyiça amaliy masalalar muhokama qilindi, şuningdek, mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakuniga köra vazirlar tomonidan Özbekiston va Qirğiziston örtasida davlat çegarasi töğrisida şartnoma loyihasi kelişilganligi töğrisida imzo çekildi. Uşbu hujjat davlatlararo çegaralar umumiy uzunligining 80 foizini taşkil etuvçi 1170,53 km qismini aniqlaydi.












