Poytaxtda sodir bölayotgan yonğinlarning aksariyati bolalar va ösmirlarning şöxligi natijasida sodir bölmoqda. Aynan kiçkintoylar nazoratsiz qolib, katta muammolar sababçisi bölmoqdalar. Şuni unutmaslik kerakki, bolalar şöxlik qilişga moyildir. Lekin har bir öyin xavfsiz emas, masalan gugurtni olaylik. Aynan gugurt bolalar qölida nafaqat özlariga, balki atrofdagilarga jiddiy xavf tuğdiradi. Xeç kimga sir emas, birgina yonğin – katta ofat bölib, öz yölida borliqni kulga aylantiradi, insonlar hayotiga zomin böladi. Nazoratsiz qolgan bolalar yonğinlarni kelib çiqişiga sababçi böladilar.
Toşkent IIBBning xabar berişiça, Şayxontohur tumanida istiqomat qilayotgan olti yaşar I. uyining törtinçi qavatidan qoğoz samolyotlarni çetini yoqib, tepadan uçirgan. Pastdagi qöşnilarning hayqiriğiga qaramay, bola şu işini davom ettiravergan. Yonayotgan samolyotlarning biri ikkinçi qavatdagi xonadonga oçiq oynasi orqali uçib kirib, pardalarga ilaşib qolgan, buning natijasida esa qisqa muddat içida yonğin hosil böldi. Yaxşiyamki xonadon egalari öyda ekan, ular öz vaqtida yonğinni bartaraf etdilar. Aksi bölganidaçi? Birgina 2017 yilning 8 oyi davomida 130 ta yonğin bolalar şöxligi natijasida kelib çiqqan.
Bunday holatlarni oldini oliş uçun doimo yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. Farzandlaringizni yolğiz nazoratsiz qoldirmang! Gugurt va boşqa tez yonuvçi mahsulotlarni bolalarning qöli yetmaydigan joylarda saqlang. Uyingizdan çiqib ketayotib barça gaz, elektr uskunalarini tekşiring va öçirişni unutmang.












