Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq yerida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni quçoq oçib kutib oldi va unga taşrif buyurgani uçun minnatdorlik bildirdi.
“Qança uçraşuv ötkazmaylik, muhokama uçun har doim dolzarb masalalar mavjud böladi. Dunyoda hozirgi vaziyat ança murakkab. Şu sababli tez-tez uçraşib, vujudga kelayotgan muammolarni muhokama qiliş kerak. Ötgan çorak asr davomida Qozoğiston va Turkiya örtasidagi özaro munosabatlar döstona, birodarlik ruhida rivojlanib kelmoqda”, deb aytgan Nazarboyev.

Nazarboyevning ta'kidlaşiça, Erdöğanning Qozoğistonga sönggi safarida iqtisodiyot sohasida bir qator kelişuvlarga erişilgan.
Nazarboyev Erdöğanga 10 sentabrda Ostonada ötadigan fan va texnologiyalar böyiça Islom hamkorligi taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun minnatdorlik izhor etgan.
Şuningdek, Nazarboyev Suriyadagi ixtilofni hal qiliş böyiça Ostona muzokaralarining 6-raundi bölib ötişiga e'tibor qaratdi. Bu raund Ostonada 14 sentabrda böladi.

Erdöğan ham Qozoğistonga keliş taklifi uçun öz minnatdorçiligini bildirgan. Erdöğanning aytişiça, Turkiya Qozoğiston bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, harbiy-sanoat sohalarida hamkorlik uçun barça say'-harakatni amalga oşirmoqda.
“Ayni vaqtda Turkiya va Qozoğiston örtasidagi tovar ayirboşlaş 2 mlrd dollarga yaqinni taşkil qiladi va men buni yetarliça körsatkiç deb hisoblamayman. Kelişuvlarga köra, bizning maqsad tovar aylanmasini 5 mlrd dollargaça oşirişdan iborat. Fikrimça, davlatimiz salohiyati bunday darajaga yetişga imkon beradi”, deb aytgan Erdöğan.













