Frankfurt avtosaloni joriy yilda juda köplab syurprizlar tayyorlamoqda. Hammasidan ham Yaponiyaning Aspark kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan va ikki soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka çiqişi mumkin bölgan Owl giperkari ajralib turibdi.
Yaponlar yana öz repertuarida. Jahonga maşhur konsernlar balandparvoz bayonotlar berayotgan bir paytda, ular sayyoraning eng tezkor avtomobillarini osonlik bilan ortda qoldirib ketişi mumkin bölgan maşinalarni çiqarmoqda.

Qayd etilişiça, maşhur Dodge Challenger SRT Demon’ga soatiga 100 kilometr tezlikka çiqiş uçun 2,3 soniya yetarli bölsa, juda ham qimmat turuvçi Bugatti Chiron bunga 2,4 soniya sarflaydi. Yaponlarning kiperkari esa elektr kuç qurilmasi va magniyli qotişmadan tayyorlangan ğildirak disklariga ega böladi – hozirça boşqa heç narsa ma'lum emas.

Owl taşqi körinişi xuddi boş loyihaçi Betmenning aşaddiy muxlisidek tasavvur uyğotadi. Avtomobil kuzovi butunlay uglerodli toladan tayyorlangan. Şunisi qiziqki, Aspark giperkarni seriyali işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.








