Ukraina davlat çegara xizmati rahbarining yordamçisi Oleg Slobodyanning aytişiça, ukrainalik çegaraçilar «Şegini» ötkaziş punktida qurol qöllaşmaganiga sabab – avvaldan kuç qöllamaslik haqida topşiriq olişgan. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Jurnalistlar çegaraçilar nima uçun qurol qöllaşmagani haqida söraşmoqda. Javob beraman: çegaraçilar qurol va jismoniy kuç işlatmaslik haqida topşiriq olişgan, sababi «tinç aksiya» bölib ötayotgandi», - deya aniqlik kiritdi u.

Avvalroq Saakaşvili tarafdorlari bilan Ukraina çegarasini yorib ötgani xabar berilgandi.