«Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino Dortmundning «Borussiya» klubiga qarşi uçraşuv oldidan nima sababdan ingliz klublari YeÇLda muvaffaqiyatli öynay olmasligi haqida gapirib ötdi.

«Premer-liga – ingliz klubida töp suradigan istalgan futbolçi va jamoa uçun eng muhim turnir sanaladi. Italiyada esa barçasi boşqaça – u yerda hamma YeÇLni eng muhim musobaqa deb bilişadi. Angliyada esa bu  – mamlakat kubogi va çempionligi.

Albatta, Yevropa Ligasi va Çempionlar ligasi ham biz uçun muhim musobaqalardan sanaladi, ammo ular APL darajasidagi turnir sifatida körilmaydi. Buni tuşuntiriş muşkul. Meni sözlarimni tuşunişingiz uçun Angliyada işlaşingiz kerak böladi. 

Yuqorida aytganimdek, Italiyada asosiy e'tiborni YeÇLga qaratişadi. Xuddi şu narsa Ispaniyada ham bor. Bu mamlakat jamoalari birinçi navbatga milliy çempionatni emas, Çempionlar ligasini qöyişadi. Darajasi pastroq jamoalar esa Yevropa Ligasini yutişni istaydi. Ammo bizning pozitsiyamizni tuşuniş qiyin emas – premer-liga – dunyodagi eng qiyin çempionat.

Rojdestvo paytida Germaniya, Ispaniya, şuningdek Italiya ham ta'tilga çiqadi va şu sababdan ham Çempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnaşadi. Ammo bizda barçasini özgartiriş uçun imkoniyat mavjud. Buning uçun yaxşilab öylab körişimiz talab etiladi. Biz ham YeÇLda boşqa jamoalar bilan raqobat qila olişimiz mumkin», – deya Poçettinoning sözlarini keltiradi Sky Sports.