Finance Football naşri Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaroni 2026 yilgi Jahon çempionatida iştirok etayotgan murabbiylar orasida eng yuqori maoş oluvçilar qatoriga kiritdi. 

Reytingni Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti boşqarib turibdi. Italiyalik murabbiyning yillik daromadi 10 million yevroga teng. Ikkinçi örinni Germaniya terma jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsman egallagan bölib, uning maoşi yiliga 7 million yevroni taşkil etadi. AQŞ terma jamoasini boşqarayotgan Maurisio Poçettino esa 6 million yevro bilan uçinçi örinda qayd etilgan. Angliya terma jamoasi boş murabbiyi Tomas Tuxel yiliga 5,8 million yevro işlab topadi. 

Finance Football  Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaroni beşinçi öringa joylaştirgan. Italiyalik mutaxassisning daromadi 4 million yevro ekanligi qayd etilgan. Bu körsatkiç Portugaliya terma jamoasi boş murabbiyi Roberto Martinesniki bilan teng.

Kannavaro yillik daromad böyiça bir qator kuçli terma jamoalarning nomdor murabbiylarini ham ortda qoldirgan. Xususan, Dide Deşam (Fransiya, 3,8 mln yevro), Ronald Kuman (Niderlandiya, 3 mln yevro), Marselo Biyelsa (Urugvay, 3 mln yevro), Xulen Lopetegi (Qatar, 2,4 mln yevro), Lionel Skaloni (Argentina, 2,3 mlm yevro), Luis de la Fuente (Ispaniya, 2 mln yevro) kabi murabbiylar italiyalik mutaxassisdan kamroq maoş olişadi.

ÖFA va Kannavaroning izohi

Fabio Kannavaroning maoşi haqidagi xabarlar 2025 yilning oktabr oyida ham şov-şuvlarga sabab bölgandi. Öşa paytda «Sport-Ekspress» naşri öz manbalariga tayanib italiyalik mutaxassisning daromadi murabbiylar ştabi xarajatlari bilan qöşib hisoblaganda 4 million yevro atrofida bölişi mumkinligi haqida yozgandi. Şundan söng vaziyatga ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov quyidagiça izoh bergandi.  

«Hozir matbuotda maoş haqida köp gap-sözlar paydo böldi: kimdir 4 million, kimdir boşqa summalarni yozmoqda. Aslida bu yarmining yarmi ham emas. Agar Özbekiston futbol assotsiatsiyasida şunday moliyaviy imkoniyatlar bölganida, biz umuman boşqaça yöl tutgan bölardik. Ammo biz real resurslarimizdan kelib çiqib, eng maqbul variantni tanladik», — degandi u.