Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasida payşanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni sifatida belgilangan va uning samarali hamda maqsadga muvofiq bölişi viloyat rahbariyatning qat'iy nazoratiga olingan, deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati tomonilan KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Qayd etiş kerakki, viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği Fayzullo Quvondiqov ham öziga biriktirilgan şahar va tumanlarda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni»ni mazmunli va unumdor bölişiga alohida e'tibor bilan yondaşib kelmoqda.
Jinoyat va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişda öz maqsadli işlarining muhim va ta'sir doirasini yoşlar örtasida huquq-tartibotni yanada qiziq hamda ta'sirçan bölişiga yönaltirib, avvalambor ösmir yoşlar örtasida mazmunli suhbat, ular bilan yaqindan aloqada böliş, ularni qiziqtirayotgan va qiyinçilik tuğdirayotgan masalalarni örganib, kelajagimiz poydevor bölgan yoşlarimiz bilan oçiq va xolisona suhbatda bölişga e'tibor qaratdi.
Yoşlarimiz ana şunday beğubor, oçiqköngillik bilan va sidqidildan ötkaziladigan suhbatlarga juda muhtoj ekanligi bilinmoqda. Oddiy suhbat bilan butun bir qişloq yoki ma'lum bir oilani qiynayotgan muammo va kamçilikni bilib oliş, unga yeçim topiş mumkinligi oydinlaşmoqda.
F.Quvondiqov Past Darğom tumanining çekka mahallaridan birida joylaşgan «Pedagogika va sport kolleji»da bölib, ta'lim olayotgan 2-kurs talabalari bilan suhbat uyuştirdi.
Uçraşuv noan'anaviy tarzda taşkil etilib, katta zalda emas, öquv sinflarida kiçik-kiçik davralarda ötdi. Suhbatdoşingni nazorat qilsanggina uni fikrini bilib oliş mumkin. Talabalar bilan uçraşgan rahbar jinoyatçilik va yoşlar tarbiyasi borasida söz yuritar ekan, ular bilan ota, eng yaqin döstdek, dildan suhbatlaşdi.
207-guruh talabalariga özbek milliy tarixi, adabiyot sir-asrorlari, ijodkor adib va şoirlar ijodidan şe'rlar öqilib, yoşlarning adabiyot sohasidagi bilimlari, şe'riyatga qiziqişi yana bir bor amalda sinab körilib, faol yoşlar bilan kitob va kitobxonlik borasida bahs-munozara yuritilib, milliy adabiyotimiz namunalaridan kitoblar va adabiy materiallar taqdim etdilar.
Yana bir uçraşuv Past Darğom tumani «Qatorterak» mahallasining yuzdan ortiq aholisi vakillari bilan uyuştirildi. Uçraşuvda boşqarma boşliği ötgan 8 oyda viloyatda kuzatilgan jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga oid tahlil, kamçilik va yutuqlarga töxtalib, oçiq, xolisona söz yuritdi. U öz ma'ruzasida umumiy jinoyatlar soni kamaygan bölsa-da, ammo öğirlik, firibgarlik va qotillik jinoyatlari oşganini tanqid ostiga olib, «buning zamirida biz va siz — mahalla faollarining e'tiborsizligimiz, ba'zida işyoqmasligimiz yotibdi», dedi F.Quvondiqov. Aksariyat hollarda öğrilik jinoyati asosida fuqarolarimizning öz mol-mulkini ehtiyot qilmasligi yotgan bölsa, firibgarlik jinoyatlarning asosiy sababi soddalik —işonuvçanlik ekanligi qayd etib ötildi.
Ammo, viloyatda ötgan yilga nisbatan ösganligi qayd etilgan qotillik jinoyatlarning aksariyati oila-turmuş doirasiga oid voqelik asosida yuz bermoqda. Çunki qaynota kuyovini yoki kuyov kelinni piçoq urib öldirişi, ğazab ustida jaholat eşigini oçib, uning qurboniga aylanib qolayotganini sezib-sezmay qolişmoqda. Şunday ekan, faollar, keksalar, mahalla ahli oilalarda totuvlikka e'tibor qaratişimiz kerak, deyildi. Suhbat uçraşuv davomida öğrilik va u bilan boğliq jinoyatlarni oldini oliş, tahliliy holatlarga asoslangan körgazmaviy eslatma, buklet va boşqa tarğibot materiallar uçraşuvda qatnaşmagan fuqarolarga ham yetkazilişi uçun tarqatildi. Şu bilan birga, mahalla ahlini qiynayotgan ayrim muammolar tinglandi.
80 yoşli mahalla faoli A.Abdumöminov mahalla atrofida joylaşgan bozordagi betartiblik, qoidabuzarlik, har kim özi xohlagan joyda savdo qiliş holatlari, soliq idorasi tölovi, sanitariya me'yorlariga amal qilinmayotganini bildirdi. 1993 yil tuğilgan I.Mahamadiyev esa sport ta'limi böyiça örta maxsus ta'limga egaligini, biroq hozir işsizligini bildirdi. Uni mahallaga posbon etib tayinlaş buyiça taklif berilib, u tuman içki işlar bölimiga şu yerning özida taklif etildi.
Qişloq va mahalla hududidagi yöllar, köça holati tanqid ostiga olinib, viloyat va tuman hokimligi bilan bildirilgan muammolarning yeçimiga erişiş böyiça qaror qabul qilindi.
Past Darğom tuman içki işlar bölimi boşliği Ilhom Qodirov ham öziga biriktirilgan şu mahalladagi xonadonlarni mahalla raisi Oltinoy Qudratova bilan atrofliça örganişni boşladi.
Öz muxbirimiz.












