Avgust oyining ikkinçi yarmida Toşkent şahrida ilk marta bankomatlar örnatişni boşlagan «Xalq banki» 12 sentabr kuni bankomatlardan pulni naqdlaştirişda umumiy summaning 1 foizi miqdorida komissiya tölovi belgiladi.
Uşbu foiz bankomat orqali pulni naqdlaştiriş jarayonida avtomatik tarzda yeçib olinmoqda.
Hozirça NBU va «Ipak yöli banki» bankomatlarida komissiya joriy qilinmadi.
Qayd etiş kerakki, komissiya tölovi haqidagi xabarlar iste'molçilar tomonidan yaxşi qarşilanmadi.
Ekspert bankomatlardan naqd pul yeçiş uçun komissiya örnatilganiga asoslar keltirib, buni ijobiy baholaşga çaqirdi.
«Har qanday tovar yoki xizmat özining narxiga ega, jumladan naqd pul yeçiş ham. Tekin xizmat oxir oqibatda va pirovardida yoki amalda yöq xizmatga yoki korruptsion tölov evaziga amalga oşiriladigan instrumentga aylanadi. Buni tuşuniş va qabul qiliş lozim.
Çunki bankomat pulga sotib olinadi, uning amortizatsiyasi mavjud, unga mulk soliği tölanadi, bankomat örnatilgan joyga ijara haqi tölanadi, yana bankomat elektr energiyasi va qoğoz xarajati, ekspluatatsiya çiqimlarini talab etadi.
Bu xabar köpçilik OAVlar taqdim etayotganidek salbiy kontekstda baholanmasligi lozim», deya öz munosabatini bildirgan ekspert.
Eslatib ötamiz, şu yilning 14 avgustidan boşlab Toşkent şahridagi Oloy, Yunusobod va Qöyliq bozorlarida naqd pul yeçib oliş mumkin bölgan bankomatlar işga tuşdi. Har bir bozorda bittadan bankomat örnatilgan. Bankomatlarga har kuni örtaça 30 mln söm pul qöyiladi.












