Soliq kodeksining 275- va 290-moddalariga qöşimçalar kiritilişini nazarda tutuvçi qonun loyihasi QHTBT portalida e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Uy-joylarda amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan töliq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy şaxslarni mol-mulk soliği va yer soliğidan ozod qiliş körinişidagi imtiyozni kiritiş taklif etilmoqda.
Imtiyoz muqobil energiya manbalari örnatilgan oydan boşlab 3 yil muddatga taqdim etiladi. Energiya ta'minoti taşkilotlarining tegişli ma'lumotnomasi imtiyozni qöllaş uçun asos hisoblanadi.
Loyiha özgartirilişi, qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari beriladi












